⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi, komissiya raisi
🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari
🔹Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
🔹Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
🔹Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
🔹Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
🔹Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi
Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
🔹xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;
🔹yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!
Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!
⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi
📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:
🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish; 🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish; 🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish; 🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun); 🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun); 🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.
⚡️Ayrim dehqon xo‘jaliklariga garovsiz kredit beriladi
Qonunchilikka ko‘ra, agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 million so‘mgacha garovsiz kredit berilishi belgilangan.
⚡️Davlat xizmatchilari ijtimoiy tarmoqlarda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmasligi lozim
Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslikka majbur.
‼️ Shuningdek, fuqarolar va hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi maʼlumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmasligi kerak.
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.
‼️Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
⚡️Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
💼 Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
⚡️Kadastr raqamidagi sonlar nimalarni anglatishini bilasizmi?
Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,
➡️bunda: AA — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
➡️VV — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
➡️SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
➡️DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
➡️EE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
➡️FFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;
➡️GGGG — yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;
➡️NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son.
⚡️Servitut qanday maqsadlarda foydalanilishini bilasizmi?
✅ Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
▶️ o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
▶️ o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
▶️ o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
▶️ o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;
▶️ mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
▶️ o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
▶️o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
‼️ Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi.
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi
🟢Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
🟢Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
🟢Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
🟢Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun asoslar
✅Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
▶️ yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);
▶️ binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▶️ binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▶️ binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;
▶️ ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;
▶️ qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.
▶️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.
‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.