TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #aholi_fikri #murojaatlar #sayyor_qabul

⚡️Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan Ohangaron tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#OAV_biz_haqimizda #Ohangaron #yashil_makon #UzA

☘️Ohangaron tumanida "Kadastrchilar bogʼi" yaratildi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyat boshqarmalari tomonidan viloyatning Ohangaron tumanida "Kadastrchilar bog‘i" yaratildi.

Kadastr xodimlari tomonidan Ohangaron tumani, Ungut MFY, Ohangaron-Angren yo‘nalishining A-373 magistral yo‘l bo‘yida 0,24 gektar yer maydonida maxsus texnikalar yordamida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 2 ming tup turli navlardagi ko‘chatlar o‘tkazildi.

👉 UzA qisqa satrlar

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusi (EuraAsia SDI) – 2023


⚡️ Ayni dam, Samarqand shahrida 🌟Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi ish boshladi.

◼️ Mazkur хalqaro uchrashuv 21-22- noyabr kunlari 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislarni o‘zaro fikr va xalqaro tajriba almashishiga imkon yaratadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_tumani #yernazorati

⚡️Ohangaron tumanida navbatdagi noqonuniy qurilma bartaraf etildi

🔎 Kadastr agentligi Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan Ohangaron tumani, Alisher MFY hududida faoliyat olib boruvchi "Mastura oliy bog‘" fermer xo‘jaligi tomonidan mazkur xo‘jalik yerining 0,2 gektar yer maydoniga noqonuniy ravishda molxona obyekti qurilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan bo‘lim tomonidan rasmiy ravishda ogohlantirish berilib, yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozimligi hamda yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallash va noqonuniy qurilmalar qurishning huquqiy oqibatlari tushuntirilidi.

Natijada qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilangan muddat ichida to‘liq bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoʼygan_yaxshi #yernazorati

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi.

Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram