⚡️Ohangaron tumanida yangi bino qurilishi ishlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-405-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq, Toshkent viloyatining Ohangaron, Chinoz va Yuqori Chirchiq tuman bo‘limlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Ayni paytda Ohangaron tuman bo‘limining maʼmuriy binosi uchun tuman markazi bo‘lmish Nurobod qo‘rg‘onidan yer ajratilib, dastlabki qurilish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur bino yil yakuniga qadar qurib bitirilishi rejalashtiriligan.
📌 Chinoz va Yuqori Chirchiq tuman bo‘limlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari bo‘yicha loyihalash ishlari ketmoqda.
⚡️Davlat xizmatchilari ijtimoiy tarmoqlarda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmasligi lozim
Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslikka majbur.
‼️ Shuningdek, fuqarolar va hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi maʼlumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmasligi kerak.
⚡️26 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi jamoasi bugungi sana munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati tizimining barcha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.
Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashdagi sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.
⚡️2-oktyabr — dushanba kuni ham dam olish kuni bo‘ladi
✔️Ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi 1-oktyabr — «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» 2023-yilda yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
‼️Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.
📌Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.
‼️Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
⚡️O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi
✅Kecha, 26-sentabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.
Unga ko‘ra, 19-25-sentabr kunlari O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.
📌Ma’lumot uchun, avvalgi uchrashuv 21-28-avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.
⚡️Suv havzalari hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari auksion orqali ijaraga beriladi
✔️2023-yil 1-oktyabrdan tadbirkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali quyidagilar ijaraga beriladi:
🔹davlatga tegishli tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
🔹tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.
❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023 yildagi 409-sonli qaroriga muvofiq, endilikda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning har uch yilda kamida bir marta malakasi oshiriladi.
Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
‼️Oliy taʼlim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
⚡️Navbatdagi yer qonunbuzilish holati Toshkent tumanida
⭐️Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan tumanning Fayzobod MFY TXAY yoqasida joylashgan 1500 m² yer maydoni fuqaro M.B tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, foydalanib kelinayotgani holati aniqlandi.
✔️Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan rasmiy ogohlantirish xati berilib, bo‘lim tomonidan to‘liq nazoratga olingan va noqonuniy holat bartaraf etilish taʼminlangan.