TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#seminar

⚡️Jamoatchilik bilan aloqalar – davr talabi !

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati xodimlari va respublikaning barcha tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda agentlik tizim tashkilotida Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida faoliyatga mas‘ullar uchun “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta‘minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar -treningda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘lim-filal rahbarlari ham ishtirok etib, o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytishdi.

Uch kun davom etgan trening davomida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni taʼminlash xizmatlari faoliyatini takomillashtirish: islohotlar, muammolar va ularning yechimlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, kamera hamda jamoatchilik qarshisida o‘zini erkin tutish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab nazariy hamda amaliy bilimlar berildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik #kadastr_xizmati

⚡️Kadastr xizmati: Ko‘chmas mulk tarixi

Hukumat qarori bilan DXM, my.gov.uz yoki davreestr.uz portali orqali “Ko‘chmas mulk tarixi”ga oid maʼlumotlarini aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi.

💰 Xizmat narxi - BHMning 50 foizi (165 000 ming so‘m)
🗓 Muddat - uch ish kuni

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda quyidagilar aks ettiriladi:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;
🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;
🔹obyektning qurilgan yili.

‼️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega bo‘lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lmaydi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #Qibray #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Qibray tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qibray tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 25-avgust kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Qibray tumani, Sohibkor MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mini_futbol

⚽️ Mini futbol musobaqalari start oldi

Bugun 22-26-avgust kunlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Kadastr agentligi tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida "MINI FUTBOL-2023" musobaqasiga start berildi.

✔️Bugungi o‘yinda Toshkent viloyati jamoasi Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Davlat kartografiya geodeziya fondi xodimlaridan iborat jamoaga qarshi maydondа harakat qilib, 8:0 hisobda ilk g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Kelgusi o‘yinlarda jamoaga omad tilab qilamiz !

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Savol:
- Uyning planini chizib bergani uchun kadastr xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadimi ?

Javob
:
- Uyni kadastr plani yaʼni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 -yil 10 - iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi va kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

⚡️Toshkent viloyatida bir sotix yer qancha ?

"Toshkent viloyatida sotilayotgan yerlar narxi o‘rtacha ming dollordan oshdi. Olmaliq shahrida 2,5 gektar yer maydoni 22 mlrd so‘mga sotildi", deydi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Payziyev.

Ayni paytda Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Roadshow” taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mini_futbol

⚽️ Mini futbol: natija durrang !

Bugun mini futbol bo‘yicha sport musobaqasining 2-kuni o‘z yakuniga yetdi.

✔️Unda Toshkent viloyati yigitlari Sirdaryo viloyati jamoasiga qarshi to‘p so‘rib, 4:4 hisobda durrang natija qayd etdi.

Navbatdag bahslarda vakillarimiz Davlat kadastrlari palatasi jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kelgusi o‘yinlarda jamoaga omad tilab qilamiz !

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad

⚡️"UzKad" platformasiga kirtilayotgan yer maydonlari tahlili

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarining kichik yer turlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlashga doir seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram