TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron #yernazorati

⚡️Yer maydonidan belgilangan maqsadda foydalanilmayotgani aniqlandi

Ohangaron tumani hokimining 11.09.2018 yildagi 1763-sonli qaroriga asosan “Ohangaron gaz oil” MCHJga “Avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasi” obyekti qurilishi uchun “Yangi Hayot” MFY hududining A-373-raqamli avtomagistral yo‘li himoya muhofaza mintaqasida joylashgan qishloq xo‘jalik xaritasining 44k va 45k-konturlaridan jami 0,3 gektar, shundan 0,1 gektar sug‘oriladigan hamda 0,2 gektar yaylov yer maydoni ajratib berilgan.

Mazkur qarorga asosan jamiyat tomonidin qurilish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 4-bob, 36-moddasiga binoan, Kadastr agentligining Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan vakolat doirasida belgilangan tartibda tuman hokimligiga taqdimnoma va tuman prokuraturasiga maʼlumotnoma kiritilgan.

Bundan tashqari, jamiyat tomonidan Loyiha smeta hujjatlari kelishmasdan molxona uchun bino va inshootlar qurib olinganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 68-moddasining 1-qismi bilan jarima qo‘llanilgan va to‘liq undirilgan hamda bu haqda tuman prokuraturasiga maʼlumot kiritilgan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #bilasizmi #javobgarlik

⚡️Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish

🔹fuqarolarga BHMning 3 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔹fuqarolarga BHMning 5 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos: Mjtk 68-modda

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_tashrif

⚡️O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘ladi

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun 18-19 iyul kunlari Jidda shahrida bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi vositachilar kimlar ?

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi vositachilar quyidagilardan iborat:

🔸davlat xizmatlari markazlari;
🔸notarial idoralar, notariuslar;
🔸rieltorlik tashkilotlari;
🔸tijorat banklari;
🔸O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

‼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.

📌Vositachilar jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali ko‘rsatadi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ayrim tadbirkorlar davlat mulki ijara to‘lovidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027 yil 1 oktyabrgacha ozod etilishi belgilangan.

📌Shuningdek, “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi

📌Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Hozirda yerga oid huquqlarning qanday turlari amal qilmoqda ?

📌 Hozirgi kunda yerga oid huquqlarning

🔹 doimiy foydalanish,
🔹 ijara
🔹 mulk huquqi turlari amal qiladi.

Maʼlumot uchun, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bekor qilingan.

❗️Bekor qilingan huquqlar bilan avval berilgan yerlar saqlab qolinib, ijaraga berilgan yerdagi binolar sotilganda yerga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi.

Asos: PF-6243, 08.06.2021 y.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #savol_javob

Savol:
- Uyning planini chizib bergani uchun kadastr xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadimi ?

Javob
:
- Uyni kadastr plani yaʼni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 -yil 10 - iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi va kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing #yernazorati #OAV_biz_haqimizda

⚡️Kadastr agentligi Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot brifingi

Bo‘stonliq tumani hududida yer qonunbuzilish holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan jami 592,3 mln so‘m maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilgan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #chorvoq

⚡️CHORVOQDAN YER KERAKMI ?

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Chorvoq" turistik-rekratsion zonasi hududidan 8 ta yer uchastkalari savdoda turibdi.

🔹 Lot-1 (2,5 ga) 3,3 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-5 (7,5 ga) 9,9 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-6 (3 ga) 5,4 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-8 (4 ga) 5,3 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-9 (2,9 ga) 3,9 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-10 (3 ga) 3,9 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-16 (0,4 ga) 457 mln so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-17 (1,1 ga) 1,2 mlrd so'mdan (ko'rish)

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
30%
Namunali
20%
Yaxshi
10%
Qoniqarli
40%
Qoniqarsiz
#bizningmanzillar #QuyiChirchiq

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Giniyatov Xamidullo Sagdullayevich
Filial rahbari - Israilov Shamsiddin Mirkamalovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Do‘stobod shaxri, Bibixonim ko‘chasi, 28 uy

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram