TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#huquqvaqti #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.

❗️Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Qanday hollarda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtriladi ?

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 14 iyul kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent tumani, Qizg'aldoq MFY binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:

🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;

🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;

🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2018 yildagi 1060-son

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yer_nazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan binolarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Notarius idoralarida oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval ob’ektga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang va kelgusidagi ovoragarchiliklarni oldini oling.

💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

❗️Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirishni unutmang!

Oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️ Toshkent tumanida aholi murojaatlari o'rganildi

Bugun Toshkent tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Notarius idoralarida oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval ob’ektga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang va kelgusidagi ovoragarchiliklarni oldini oling.

💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

❗️Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirishni unutmang!

Oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️Toshkent viloyatida joriy yilda 34 mlrdlik yer uchastkalari sotilgan

Vazirlar Mahkamasining 14.2.2022 yildagi 71-sonli va 30.11.2022 yildagi 685-sonli qarori asosida 2022-2023 yilda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi taqdim etgan maʼlumotga ko‘ra, bugungi kunga qadar Toshkent viloyat hududida “Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga jami 7,257 ta yer uchastkalari yuzasidan takliflar kiritilgan. Shundan

🔹858 tasi qishloq xo‘jaligi yerlarida va muhofaza hududida joylashgani hamda bo‘sh yer emasligi aniqlanib rad etilgan bo‘lsa,
🔹1,584 ta yer uchastkalari esa vakolatli idoralar tomonidan rad etilgan.

Ayni paytda 2,244 ta yer uchastkalari onlayn savolarga chiqarilgan. Shundan

🔹Mulk huquqi asosida tadbirkorlik faoliyati olib borish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun – 220 ta;
🔹Ijara huquqi asosida tadbirkorlik faoliyati olib borish va ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun – 3,396 ta

✔️Joriy yilning birinchi yarim yillik davri mobaynida jami 404 ta yer uchastkalari 34 mlrd 327 mln so‘mga sotilgan.

Quyidagi tumanlarda bo‘sh yer uchastkalari soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan:

▪️Quyi Chirchiq tumanida – 279 ta
▪️Bo‘ka tumanida – 288 ta
▪️Piskent tumanida – 446 ta

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
30%
Namunali
20%
Yaxshi
10%
Qoniqarli
40%
Qoniqarsiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing #OAV_biz_haqimizda #Chinoz

⚡️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Chinoz tuman filiali tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot brifingi

Chinoz tuman filiali tomonidan tumanda mavjud 54 ta maktab hamda 28 ta maktabgacha taʼlim muasassalari maʼlumotlari o‘rganilib, Uzkad tizimga kiritilishi taʼminlangan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #vakansiya

⚡️ BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !

📣 Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Angren shahar bo‘limi
🔹Piskent tuman bo‘limi
🔹Zangiota tuman bo‘limi

☝️Tanlovga arizalar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari ochiq portali orqali qabul qilinadi.

❗️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron #yernazorati

⚡️Yer maydonidan belgilangan maqsadda foydalanilmayotgani aniqlandi

Ohangaron tumani hokimining 11.09.2018 yildagi 1763-sonli qaroriga asosan “Ohangaron gaz oil” MCHJga “Avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasi” obyekti qurilishi uchun “Yangi Hayot” MFY hududining A-373-raqamli avtomagistral yo‘li himoya muhofaza mintaqasida joylashgan qishloq xo‘jalik xaritasining 44k va 45k-konturlaridan jami 0,3 gektar, shundan 0,1 gektar sug‘oriladigan hamda 0,2 gektar yaylov yer maydoni ajratib berilgan.

Mazkur qarorga asosan jamiyat tomonidin qurilish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 4-bob, 36-moddasiga binoan, Kadastr agentligining Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan vakolat doirasida belgilangan tartibda tuman hokimligiga taqdimnoma va tuman prokuraturasiga maʼlumotnoma kiritilgan.

Bundan tashqari, jamiyat tomonidan Loyiha smeta hujjatlari kelishmasdan molxona uchun bino va inshootlar qurib olinganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 68-moddasining 1-qismi bilan jarima qo‘llanilgan va to‘liq undirilgan hamda bu haqda tuman prokuraturasiga maʼlumot kiritilgan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM