TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qaroriga ko‘ra,

🔹Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

❗️Agar yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Toshkent viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyatining fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 6-may kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahri, Navroʻz MFY Samarqand koʻchasi 190-uy,

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yer_nazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan binolarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 65 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 121 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 21 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 247 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 218 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 46 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 40 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 102 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 353 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 91 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 154 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 75 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 14 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 55 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 83 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 218 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 4 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 35 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 6 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 3 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Chirchiqshahri

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Chirchiq shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Parpiyev Davron Nasritdinovich
Filial rahbari - Akromov Aziz Sabirjanovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Talabalar ko‘chasi, 10-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-715-21-53

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #Olmaliq

⚡️Olmaliqda noquniniy qurilmalarni aniqlash va bartaraf etish ishlari davom etmoqda

Olmaliq shahar Navro‘z MFY Cho‘lpon ko‘chasi hududida noqonuniy ravishda garaj qurish hamda o‘zboshimchalik bilan yer maydonini o‘rab olinganlik holati aniqlandi va bartaraf etilishi taʼminlandi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔹 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔹 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#ayni_dam #sayyor_qabul #Yangiyo'l

⚡️Yangiyo'l shahrida aholi murojaatlari o'rganilmoqda

Ayni damda Toshkent viloyati aholisining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Kadastr agentligi hamda uning Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #sayyor_qabul #Yangiyol

⚡️Aholi manfaatlari yo'lida

Bugun Yangiyo'l shahrida aholining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Kadastr agentligi hamda uning Toshkent viloyati boshqarmasi mas'ullari boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

📌 Bu kabi sayyor qabullar viloyatning har bir tuman va shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad