TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#auksion #dehqonxojaligi #PQ20

⚡️SHOSHILING! MAVSUM YAQIN!

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 236 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 331 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 529 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 411 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 755 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 45 ta (ko'rish)
▪️Zangiota tumani 2 ta (ko'rish)
▪️Yuqorichirchiq tumani 18 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 113 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 134 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 430 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 270 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 611 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 165 ta (ko'rish)

❗️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Bo‘ka tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘ka tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31 mart kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bo‘ka tumani, Do‘stlik MFY, Tinchlik ko‘chasi, 19-sonli Musiqa maktabi binosi

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_Konstitutsiya #befarqemasman

⚡️Biz yangilanayotgan Bosh Qomusimizdagi o‘zgarishlarga befarq emasmiz !

📍Oqqo‘rg‘on tumani

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Bostonliq

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Karimov Djamshid Abdullajanovich
Filial rahbari - Dehqonov Eldor G‘ulomboy o‘g‘li

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Bòstonliq tumani, Istiqlol MFY, Beruniy kòchasi, raqamsiz uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-742-10-41

Каналга уланиш:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi

Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:

🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.

📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Avvallari bino o‘zingizga tegishli bo‘lib, uning yeri esa tegishli bo‘lmagan.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Buning uchun
💻 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

📨Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#Yangi_Konstitutsiya #befarqemasman

⚡️Har bir inson oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega

Oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqi – bu insonning oʻz shaxsini erkin rivojlantirish, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlishidir.

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

⚡️ Bo‘sh yer uchastkasini auksionga chiqarish tartibi qanday ?

▪️Bo‘sh yer uchastkasini auksionga chiqarish tartibi qanday ?

▪️Talabgor auksion orqali bo‘sh yer uchastkasini sotib olgandan so‘ng qanday jarayon amalga oshiriladi ?

Mutaxassis javob beradi

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Bekobod

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bekobod tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bekobod tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Raxmonov Farxod Ravshanbekovich
Filial rahbari - Xakimov Umidjon Muratovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zafar shaharchasi, Toshkent ko‘chasi, 5-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-29

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati #javobgarlik

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

📌Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m),

mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
#raddiya #Qibray

⚡️Tanganing ikkinchi tomoni

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi bloger Murod Maxsudovning Facebook sahifasida joylangan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Fuqaro Z.M tomonidan 2020 yil 21 dekabr kuni Davlat xizmatlari markazi orqali 25676818-raqamli arizaga asosan Qibray tumani, Qipchoq qishlog‘i, Olmazor MFY, Jalayer ko‘chasidagi 71-uy-joyga kadastr xujjatlarini rasmiylashtirib berishni so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu manzilga nisbatan chiqarilgan tuman hokimining qarori bekor qilinganligi sababli, ushbu yer maydoniga huquqni belgilovchi xujjatlar mavjud emasligi hamda ushbu yer maydonida qurilgan xech qanday binolar mavjud emasligi (rasmda) sababli kadastr xujjatlari rasmiylashtirib berish rad etilgan.

👇Barchasi batafsil

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Bo‘ka tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘ka tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31 mart kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bo‘ka tumani, Do‘stlik MFY, Tinchlik ko‘chasi, 19-sonli Musiqa maktabi binosi

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik

⚡️Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi

1 apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga,
1 maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7%ga oshirilmoqda.

Shuningdek, 1 maydan
🔹bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga,
🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 920 ming so‘mdan 980 ming so‘mga oshirildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_Konstitutsiya #befarqemasman

⚡️Biz yangilanayotgan Bosh Qomusimizdagi o‘zgarishlarga befarq emasmiz !

📍Oqqo‘rg‘on tumani

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#matbuot_anjumani

📣 DIQQAT EʼLON!

KADASTR MATBUOT ANJUMANI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining "Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlarini taklif etamiz!

Boshlanish vaqti: 31-mart, soat 15.00

📍Manzil: O‘zbekiston Milliy matbuot markazi. Toshkent shahri, Shayxontohur, Navoiy shoh ko‘chasi, 16-uy

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram