TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.77K photos
944 videos
10 files
7.05K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Qishloq xo‘jaligi yerlarini auksionda sotish bo‘yicha yangi yengillashtiruvchi tartib joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Adminstratsiyasining 2025-yil 10-martdagi topshirig‘iga asosan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida online-auksion savdolarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tartib joriy qilindi

takroriy auksionlar xar kuni o‘tkaziladi;
auksionda 1 nafar ishtirokchi qatnashsa xam auksion o‘tkazilgan hisoblanadi;
takroriy auksionda boshlang'ich narx 10%dan kamaytirib boriladi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, huquqni eʼtirof etish bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida huquq eʼtirof etilishi mumkin deb topilgan bo‘lsa, mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 6-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Bir martalik umumdavlat aksiyasi 
— o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 2-modda
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish reja-jadval asosida amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

🔖Mazkur reja-jadval kadastr.uz rasmiy sayti, Ommaviy axborot vositalari hamda Toshkent viloyati kadastri rasmiy telegram kanali orqali doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 13-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo'lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.

Huquqiy asos:
VM-595-son 14.10.2022 yil
#Bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Nurafshon shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Nurafshon shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 14-mart kuni soat 15-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Yoshlik" MFY, "Tong" madaniyat saroyi

☎️ Murojaat uchun: +998 (71) 502-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy liboslarimiz o‘zligimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

Haftaning har jumasi jonajon Vatanimizda "Milliy liboslar kuni" sifatida keng nishonlanmoqda. Bu kunda barcha yurtdoshlarimiz jonbozlik ko'rsatib, milliyligimizni tarannum qilishmoqda.

Ayni vaqtda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ham "Milliy liboslar" chellenjini qo'llab-quvvatlashmoqda.

#milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy liboslarimiz o‘zligimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

#fotolavha #milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda qanday huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?

Javob
:
- Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xatlov jarayonlarida milliylik!

Yurtimiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimiz, urf-odat ва anʼanalarimizni ulug‘lash maqsadida kadastr muhandislari joylarda xatlov jarayonlarini milliy liboslarda olib borishmoqda va “#milliy_libos” chellenjida faol ishtirok etishmoqda.

#milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Turar ва noturar joylarga nisbatan mol-mulk solig‘i oshishi mumkin

Biroq, bunda soliq stavkasi emas, balki soliq solinadigan mulkning baholanish usuli o‘zgaradi.

Misol uchun, agar mulk avval past baholangan bo‘lsa, soliq ham shunga mos ravishda kam bo‘lgan. Yangi tartibga ko‘ra, mulk qayta baholanadi ва agar uning qiymati oshgan bo‘lsa, to‘lanadigan soliq ham ortadi.

Prezident farmoniga ko‘ra quyidagilar iqtisodiy aktiv sifatida qayta baholanadi.

8 milliondan ortiq turar ва noturar joylar
7 millionga yaqin yer uchastkalari

🌀Shuningdek, ko‘chmas mulkning soliq hisoblash, oldi-sotdi, garovga qo‘yish ва jamoat ehtiyojlari uchun davlat tomonidan olib qo‘yish jarayonlarida baholash tizimi uyg‘unlashtirilishi belgilandi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM