TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.77K photos
944 videos
10 files
7.05K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Live stream finished (45 minutes)
Yerni ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi

2025-yil 1-maydan “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o‘rnatiladi:

🔹 yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolarida qatnashish, ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to‘lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

🔹auksion savdolarida yer uchastkasini ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi qaysi tashkilot tomonidan eʼtirof etiladi?
Anonymous Quiz
11%
Viloyat hokimligi
9%
Vazirlar Mahkamasi
30%
Xalq deputatlari viloyat Kengashi
50%
Kadastr agentligi
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi
- fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Rasman: Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi

2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorida ma‘lum qilindi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi "Milliy liboslar kuni"ni Olmaliq shahar filiali xodimlari boshlab berishdi

Haftaning har jumasi jonajon Vatanimizda "Milliy liboslar kuni" sifatida keng nishonlanmoqda. Bu kunda barcha yurtdoshlarimiz jonbozlik ko‘rsatib, milliyligimizni tarannum qilishmoqda.

#milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

2025-yil 1-martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

renovatsiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolanganidan so‘ng ruxsat beriladi.

Mulkdorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:

🔹buzilayotgan turarjoy obyektlari o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turarjoylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida berish hamda qurilish davrida ko‘chish, shu jumladan, boshqa turarjoy obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplash;
🔹buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymatini to‘liq qoplab berish;
🔹renovatsiya loyihasi tashabbuskori bilan kelishilgan holda boshqa turdagi kompensatsiyani taqdim etish.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy liboslar – milliy qadriyatlarimiz timsoli!

Yurtimiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizni ulug‘lash maqsadida o‘tkazilayotgan “#milliy_libos” chellenjida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

#milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Angren shahrida xatlov ishlari davom etmoqda

Davlat kadastr palatasining Angren shahri filiali kadastr muhandislari tomonidan reja-jadval asosida xatlov ishlari faol davom ettirilmoqda.

📍Ayni kunlarda Angren shahrining "Yangi bog'i surx" MFYda mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yopiq suv havzasi quriladi

Toshkent viloyati hokimning tegishli qarori bilan Nurafshon shahar hokimligiga Nurafshon shahar “Yangiobod” MFY “Nurafshon business city” hududidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 1,6 gektar yer maydoni “O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan quriladigan yopiq suv havzasi” bino va inshootlarni qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mazkur qarorga muvofiq, belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

#ijro
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lov undiriladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔹Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🔹boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.


Manba:
O‘RQ-937-son, 23-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sudlar bilan hamkorlik yuzasidan seminar tashkil etildi

Bugun Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasida Toshkent viloyati maʼmuriy sudi sudyalari hamda boshqarma xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda qonunchilikdagi yangiliklar, maʼmuriy sudlarda ko‘rilayotgan kadastrga oid masalalar va ularda taraflarning, xususan kadastr mutaxassislarining ishtiroki, buzilgan huquqlarni tiklash, maʼlumotlar almashinuvini takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025 yildagi "Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mehanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida"gi PQ-33-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

#seminar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun respublika kadastrchilari milliy libosda


🇺🇿 Dunyo xavas qiladigan milliy liboslarimiz bor: o‘zbek do‘ppisi, milliy liboslari, beqasam to‘ni.

🇺🇿 Uni kiyganda har bir o‘zbek - o‘z millatining qanchalik boy tarixga ega ekanligini qalbida his qiladi. Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining butun respublika jamoasi bu ulug‘vor tuyg‘uni qalbidan o‘tkazdi.

🫥 Siz ham mazkur tashabbusga qo‘shiling, o‘zbekning ko‘rkam liboslarida namoyon bo‘ling!

#DavKadastrPalata #milliylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi

🔸xususiy mulk huquqini tan olish

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
#huquq
Facebook Instagram Telegram
BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !

📣Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Bo‘stonliq tumanida, kadastr muhandisi lavozimi
🔹Zangota tumanida, kadastr muhandisi lavozimi
🔹Parkent tumanida, kadastr muhandisi lavozimi
🔹Yangiyo‘l tumanida, kadastr muhandisi lavozimi
🔹Yangiyo‘l shahrida, kadastr muhandisi lavozimi
🔹Chinoz tumanida, kadastr muhandisi lavozimi

❗️Maʼlumot uchun, oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr), Geodeziya, kartografiya va kadastr, Yer tuzish va yer kadastri, yuridik hamda iqtisod sohalari nomzodlari ariza berishlari tavsiya etiladi.

‼️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan!

#vakansiya
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xatlov-2025: Yangiyo‘l tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Yangiyo‘l tumanining "Epkendi" MFY hududida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM