Javob: Imtiyozlar I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi.
Toshkent viloyati yer maydonlarining elektron yer hisoboti yaratilmoqda
Ayni kunlarda Toshkent viloyatining 22 ta tuman shaharlarda jami 1 mln 514 ming gektar yer maydonlarini "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.
✔️Bu esa yer hisobotini elektron shaklda yuritish imkonini beradi.
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy filiallaridagi yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shuningdek yer egalari, ijarachilar va ular o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar "YER HISOBOT AAT" dasturiga kiritilmoqda.
🤔Bugungi kun kun holatiga Toshkent viloyatida jami 1 mln 514 gektar yer maydonlaridan 670 ming gektar (44%) yer maydonlari "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan filiallarda yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, “Uzkad” axborot tizimdagi yer balansi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
⚡️Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi
✔️Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.
🔹Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).
🔹 Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
🔹 Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.
✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
‼️Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.
📣OAV vakillari, jurnalist va blogerlar diqqatiga !
Joriy yilning 26-iyul kuni soat 11.00 da Toshkent viloyati hokimligi binosining majlislar zalida "Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davrida amalga oshirilgan ishlar" mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
✅Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlarini taklif etamiz!
⏱Ro‘yxatga olish soat 10.30 da boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: (90) 940-05-03
📍Manzil: Toshkent viloyati hokimligi binosining majlislar zali