TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.72K photos
939 videos
10 files
7.01K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#arxiv
⚡️Arxiv hujjatlari raqamlashtirilmoqda. Quyi Chirchiq tumani

Davlat kadastrlari palatasi Quyi Chirchiq tuman filialining Arxivida jami 26 537 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda. Shundan

🔹turar joylar arxiv hujjatlari - 24 845 ta
🔹noturar joylar arxiv hujjatlari - 1 692 ta
🔹xonadonlar arxiv hujjаtlari - 973 ta
🔹dalа hovlilar arxiv hujjatlari - 560 ta

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va "Namunali arxiv" dasturi doirasida ayni kunlarda Quyi Chirchiq tuman filialida o‘rganish ishlari olib borilib, arxiv xonasini zaruriy jihozlar bilan taʼminlash ishlari rejalashtirilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Arxiv hujjatlari —
fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
#bilasizmi #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr pasporti rasmiylashtirishda imtiyozlar bormi?

Javob:

Imtiyozlar I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi.

Asos: VM-535, 02.02.2020-yil

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer nazoratida dronlar amaliyoti. Yuqori Chirchiq tumani

Maʼlumki, yer nazoratini amalga oshirishda kosmik suratlarni taqqoslash hamda dronlar yordamida o‘zboshimcha qurilmalarni aniqlash amaliyotidan doimiy foydalanib kelinmoqda.

Navbatdagi monitoring tadbiri Kadastr agentliginining Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan tumanning Istiqlol MFY hududlarida o‘tkazildi.

Amaliyotda dronlarning qo‘llanilishi yer qonunbuzilishi holatlarini erta aniqlash va ularning oldi olinishini taʼminlaydi.

#yernazorati #Yuqori_Chirchiq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Angren shahar kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
30%
Namunali
24%
Yaxshi
15%
Qoniqarli
31%
Qoniqarsiz
⚡️Zangiota tumanida qo‘pol yer qonunbuzilish holati aniqlandi

Aniqlanishicha, Zangiota tumani hokimining 09.07.2010-yildagi 441-son qaroriga asosan tumanning Qatortol hududida faoliyat yuritayotgan “Nodira Dilnoza Fayz” fermer xo‘jaligi ijarada foydalanishida bo‘lgan 3,0 gektar (53 ball bonitetli) sug‘oriladigan ekin yer maydoni “Davlat” fermer xo‘jaligiga yengil tipdagi muqobil yoqilg‘idan foydalaniladigan “Issiqxona” qurilishi uchun yer maydoni tanlash va ajratish to‘g‘risidagi hay‘at a‘zolarining 22.05.2010-yildagi dalolatnomasi tasdiqlangan.

Biroq, yuqorida qayd etilgan qaror Yer kodeksining 23-moddasi talablariga zid ravishda “Nodira Dilnoza Fayz” fermer xo‘jaligi ijarada foydalanishida bo‘lgan yer maydoni belgilangan tartibda davlat zaxira yerlari tarkibiga qaytarib olinmasdan turib, “Davlat” fermer xo‘jaligiga 3,0 gektar yer maydoni yer ajratish tariqasida viloyat hokimi qarori bilan realizatsiya qilinmaganligi natijasida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan va 1 402,48 kv.m. bo‘lgan issiqxona va bostirma bino-inshootlari qurish ishlari amalga oshirilib, begonalashtirib yuborilgan.

⚠️Natijada esa qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni kapital qurilmalar qurilishi oqibatida noqishloq xo‘jaligi yer toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


#yernazorati #Zangiota
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi, 44-modda

#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'chmas mulk tarixi haqida ma'lumot berish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,5 baravar miqdorida (170 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,45 baravari (153 000 ming so‘m);
🔹davlat organlari uchun bepul.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM