TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
⚡️Navbatdagi yer qonunbuzilishi holati Bekobod shahrida

Bekobod shahrining Al-Xorazmiy MFY, Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan yer maydoni fuqaro A.I tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 100 kv.m maydonda oshxona binosi qurilganligi aniqlandi.

Holat Kadastr agentligining Bekobod shahar bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, fuqaroga sodir etilgan holat va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

✔️Natijada qurilmaning fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#Bekobod #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eʼtibor va g‘amxo‘rlik namunasi

«Sog‘lik – tuman boylik» deb bejiz aytilmagan. Inson hayotidagi butun bir harakatlarining lazzati to‘liq sog‘lom bo‘lgandagina his qilinadi.

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida tizimda faoliyat yuritib kelayotgan har bir xodim qadrlanishi maʼlum qilinib, yaqinlashib kelayotgan Qurbon Hayiti munosabati bilan hududiy filiallardagi bir qator xodimlarga sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanma uchun vaucherlar taqdim etildi.
#eʼtirof
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanali YouTube kanalidagi "Bo‘stonliq tumani. Fuqaro nega kadastr xodimini urib tashladi" nomli videomaterialda Bo‘stonliq tumani Soyliq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Kadastr agentligi faoliyatiga eʼtiroz bildirgan.

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tumanida sodir etilgan holat yuzasidan ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganligi sababli barcha eʼtirozlar yuzasidan tergov organlariga murojaat qilinishi maqsadga muvofiq ekanligi hamda sud organi tomonidan qonuniy qaror qabul qilinmagunga qadar, Kadastr agentligi tomonidan holatni o‘rganilishi va xulosa berilishi tergov harakatlariga halaqit qilish deb baholanishi mumkinligini maʼlum qiladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#tezkor_munosabat
⚡️Tezkor munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Polvonak qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida bir kunda o‘rtacha 25 ta yerga oid qonunbuzilish holati aniqlanmoqda

Kuchaytirilgan nazorat tadbirlari davomida viloyat bo‘yicha jami 372,5 gektar (1237 ta holat) shundan, bir kunda 2,63 gektar (25 ta holat) yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Payziyev axborot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati #brifing
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
Anonymous Quiz
9%
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
9%
Davlat zaxiralarini boshqarish agentligi
82%
Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?

Javob
:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Asos: VM-71, 14.02.2022-y.
#savol_javob
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

📌Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
⚡️Bizning manzillar: Parkent tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Parkent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Parkent tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Abduraxmonov Dilshod Abduxalil o‘g‘li
Filial rahbari - Jo‘raboyev Farxod Mannopovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Parkent tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 5-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-722-21-57
#bizningmanzillar #Parkent_tumani
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallab olish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🔹BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Asos: Jinoyat kodeksi, 229-modda

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi

✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

📌 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘kada noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani Qo‘ldoshtepa MFY, Yangiobod ko‘chasida joylashgan “Nomsiztepa” arxeologik yodgorligiga tutash bo‘lgan davlat zaxirasidagi yer maydonining 100 kv.m qismi fuqaro N.Sh tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, 60 kv.m yer maydoniga ombor va yemxona binosi qurilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtrilib, qurilmalarni bartaraf etish uchun 15 kunlik muddat belgilandi hamda fuqaroga sodir etilgan holat va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada qurilmalar belgilangan muddatlarda fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

‼️Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !

#Boʼka #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM