TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#kadastr_xizmati
⚡️O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish

Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi

🔖Arizaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi

🖥Markaz servitutni ro'yxatdan o'tkazadi, tegishli reyestrdan ko'chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi

✉️Markaz QR-kod (shtrixli kod) qo'yilgan ko'chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo'natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi

✔️O'zi kelib murojaat qilganda Reyestrdan ko'chirmani ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida

Xizmat ko‘rsatish muddati - 1 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1,25 baravar miqdorida (425 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 1,125 baravari (382 500 ming so‘m).

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔖Servitut — ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasining qo‘shni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan "Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Chinoz tuman filiali ma‘muriy binosi qurilishi" yuzasidan eʼlon qilingan tanlov va mazkur tanlovda ishtirok etgan qurilish tashkilotlari yuzasidan quyidagilar malum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2022-yildagi PQ-405-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, Chinoz tuman filialiga yangi bino qurilishi belgilangan.

Joriy yilning 4-iyunida pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida “E-tender” platformasiga joylashtirilgan va tanlovning 1-bosqichida 3 ta qurilish tashkiloti (talabgor) "MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR" MCHJ, " INVEST EVEREST" MCHJ va "TO‘LABOY YOG‘DUSI" MCHJlar ishtirok etgan va baholangan. Shundan 2 ta talabgor yaʼni "MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR" MCHJ (70 ball) va "TO‘LABOY YOG‘DUSI" MCHJ (70 ball) tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022-yildagi 46-son qaroriga muvofiq, platforma tomonidan elektron tender natijalariga muvofiq g‘olib va zaxiradagi g‘olib avtomatik ravishda aniqlanadi.

Agar talabgor natijalarini hisoblash jarayonida umumiy ballar bir xil bo‘lsa, eng birinchi bo‘lib taklifini taqdim etgan (sana, vaqt) talabgor g‘olib etib belgilanadi.

Tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar o‘rtasida 2024-yil 11-iyunda 24120012366908-son bayonnoma rasmiylashtirilib, “MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR” MCHJ g‘olib deb topilgan.

Hozirda, “E-tender” platformasi orqali 2024-yil 11-iyunda shakllangan 24120012366908-sonli bayonnoma 48 soatli muhokama jarayonida ekani maʼlum qilinadi.
(Muhokama jarayoni 13-iyun kuni soat 00.00 da yakunlanadi).

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda servitut bekor qilinadi ?

Javob
:
Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

🔹servitut ishtirokchilarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra;
🔹yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning asoslangan talabiga ko‘ra;
🔹servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
🔹servitutning amal qilish muddati tugaganda;
🔹agar servitut belgilash uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa;
🔹qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.

❗️Servitutni bekor qilish to‘g‘risida servitut ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Huquqiy asos:
O‘RQ–871, 23.10.2023-y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_munosabat
⚡️Tezkor munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali “Tutzor” MFYda istiqomat qiluvchi aholining Toshkent viloyati Toshkent tumani, Tutzor MFYda joylashgan tadbirkorga tegishli bo‘lgan qurilmadan noroziligi yuzasidan yo‘llagan murojaati Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qilinadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

Toshkent tumani Tutzor MFYda istiqomat qiluvchi aholining Nazorat uz | rasmiy kanali orqali yo‘llagan murojaati Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida toshkent tumani Tutzor MFY, Qadrdonlar ko‘chasi, 1-uy manzilidagi 1174 kv.m yer maydoni Toshkent tuman hokimining 2015-yil 20-apreldagi 374-sonli qaroriga asosan fuqaro M.S ga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan biriktirilib berilganligi hamda umumiy foydalanish maydoni 316,23 kv.m bo‘lgan qurilmalari davlat ro‘yxatidan o‘ztkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Ayni paytda qurilmalarga egalik qiluvchi shaxsning boshqa viloyatda ekanligi sababli qurilma loyihalari va boshqa tegishli hujjatlar bilan tanishib chiqishning imkoni cheklangan.

Holat yuzasidan fuqaro bilan bog‘langanda, fuqaro tez kunlarda Toshkent viloyatiga qaytishi va bino inshootga tegishli hujjatlarni taqdim etishini maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan qurilmalarning o‘zboshimcha egallangan qismi bo‘yicha fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respbulikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlari bilan tegishli tartibda chora ko‘rilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 42 ta (ko‘rish)
▫️Ohangaron tumanida 141 ta (ko‘rish)
▫️Bekobod tumanida 134 ta (ko‘rish)
▫️Bo‘stonliq tumanida 3 ta (ko‘rish)
▫️Bo‘ka tumanida 179 ta (ko‘rish)
▫️Quyichirchiq tumanida 233 ta (ko‘rish)
▫️Zangiota tumanida 2 ta (ko‘rish)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 44 ta (ko‘rish)
▫️Qibray tumanida 6 ta (ko‘rish)
▫️Parkent tumanida 7 ta (ko‘rish)
▫️Piskent tumanida 366 ta (ko‘rish)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 56 ta (ko‘rish)
▫️Chinoz tumanida 151 ta (ko‘rish)
▫️Yangiyo‘l tumanida 38 ta (ko‘rish)
▫️Toshkent tumanida 11 ta (ko‘rish)
▫️Nurafshon shahrida 25 ta (ko‘rish)
▫️Olmaliq shahrida 33 ta (ko‘rish)
▫️Angren shahrida 185 ta (ko‘rish)
▫️Bekobod shahrida 1 ta (ko‘rish)
▫️Ohangaron shahrida 2 ta (ko‘rish)
▫️Chirchiq shahrida 5 ta (ko‘rish)
◽️Yangiyo‘l shahrida 3 ta (ko‘rish)
#auksion #yer_uchastkalari
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Navbatdagi yer qonunbuzilishi holati Bekobod shahrida

Bekobod shahrining Al-Xorazmiy MFY, Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan yer maydoni fuqaro A.I tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 100 kv.m maydonda oshxona binosi qurilganligi aniqlandi.

Holat Kadastr agentligining Bekobod shahar bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, fuqaroga sodir etilgan holat va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

✔️Natijada qurilmaning fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#Bekobod #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eʼtibor va g‘amxo‘rlik namunasi

«Sog‘lik – tuman boylik» deb bejiz aytilmagan. Inson hayotidagi butun bir harakatlarining lazzati to‘liq sog‘lom bo‘lgandagina his qilinadi.

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida tizimda faoliyat yuritib kelayotgan har bir xodim qadrlanishi maʼlum qilinib, yaqinlashib kelayotgan Qurbon Hayiti munosabati bilan hududiy filiallardagi bir qator xodimlarga sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanma uchun vaucherlar taqdim etildi.
#eʼtirof
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanali YouTube kanalidagi "Bo‘stonliq tumani. Fuqaro nega kadastr xodimini urib tashladi" nomli videomaterialda Bo‘stonliq tumani Soyliq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Kadastr agentligi faoliyatiga eʼtiroz bildirgan.

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tumanida sodir etilgan holat yuzasidan ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganligi sababli barcha eʼtirozlar yuzasidan tergov organlariga murojaat qilinishi maqsadga muvofiq ekanligi hamda sud organi tomonidan qonuniy qaror qabul qilinmagunga qadar, Kadastr agentligi tomonidan holatni o‘rganilishi va xulosa berilishi tergov harakatlariga halaqit qilish deb baholanishi mumkinligini maʼlum qiladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#tezkor_munosabat
⚡️Tezkor munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Polvonak qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida bir kunda o‘rtacha 25 ta yerga oid qonunbuzilish holati aniqlanmoqda

Kuchaytirilgan nazorat tadbirlari davomida viloyat bo‘yicha jami 372,5 gektar (1237 ta holat) shundan, bir kunda 2,63 gektar (25 ta holat) yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Payziyev axborot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati #brifing
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
Anonymous Quiz
9%
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
9%
Davlat zaxiralarini boshqarish agentligi
82%
Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?

Javob
:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Asos: VM-71, 14.02.2022-y.
#savol_javob
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM