TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#eʼlon #sayyor_qabul
⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Chinoz tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Chinoz tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 15-may soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Chinoz tumani, Qir MFY, Qo‘rg‘on ko‘chasi, Hokim sektori binosi

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda

Joriy yilning aprel oyida respublika bo‘yicha jami 65 446 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Mazkur yo‘nalishda Toshkent viloyatida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

✔️Unga ko‘ra, Toshkent viloyatida jami 17 134 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi
❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul
⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Chinoz tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Chinoz tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 15-may soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Chinoz tumani, Qir MFY, Qo‘rg‘on ko‘chasi, Hokim sektori binosi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
#bilasizmi #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Notarius idoralarida oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval ob’ektga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang va kelgusidagi ovoragarchiliklarni oldini oling.

💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

❗️Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirishni unutmang!

Oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.
#kadastr_xizmati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

➡️binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

➡️binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

➡️binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

➡️tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

☝️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

#bilasizmi #taqiq #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️15-may — Xalqaro oila kuni

Dunyo bo‘ylab 15-may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 1993-yil 20-sentyabrdagi yalpi yig‘ilishida 15-may kuni Xalqaro oila kuni deb belgilangan. Bundan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishdir.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi barchaning oilasiga tinchlik-totuvlik, fayz-baraka tilab qoladi. Mamlakatimizda oilalar soni ko‘payaversin. Har bir oila tinch-osoyishta, farovon va baxtli bo‘lib, yurtimiz barqarorligiga asos bo‘laversin.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yoshlar
⚡️AUKSIONDA YOSHLAR UCHUN YERLAR

Toshkent viloyati hududidan Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini sotib oling va daromad manbaiga ega bo'ling !

🔹Oqqo'rg'on tumanida 711 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumnaida 908 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 931 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 136 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 736 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 364 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 157 ta (Ko'rish)
🔹Yuqori Chirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumani 230 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 966 ta (Ko'rish)
🔹O'rta Chirchiq tumanida 1139 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 287 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 386 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 183 ta (Ko'rish)

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Auksiondan ijaraga olingan dehqon xo‘jaligi yerini ikkilamchi ijaraga berish mumkinmi ?
Anonymous Quiz
70%
HA
30%
YO‘Q
#yernazorati
⚡️Toshkent viloyatida yer nazorati tadbirlari kuchaytirilmoqda

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan olib borilgan nazorati tadbirlarida jami 1 511 ta yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

Eng ko‘p holatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔹Bo‘stonliq tumani - 125 ta;
🔹Yangiyo‘l tumani - 117 ta;
🔹Yangiyo‘l shahri - 81 ta;
🔹Parkent tumani - 77 ta.


Ayni kunlarda esa viloyat hududlarida yer nazorati kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagilar nazarda tutilgan:

*️⃣dronlar yordamida nazorat tadbiri olib borish;
*️⃣kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklarni aniqlash;
*️⃣aniqlangan holatlarni maxsus planshetlar yordamida tizimga kiritish va onlayn nazorat qilish;
*️⃣jinoyat alomatlari bor, ya‘ni sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlarni Prokuratura organlariga yuborish.

❗️Shu o‘rinda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi fuqarolardan noqonuniy qurilish qilmasliklarini, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklarni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlarini so‘rab qoladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz #sayyor_qabul
⚡️Murojaatlar o‘rganilmoqda

Ayni damda Chinoz tumanining Qir MFYdagi Hokim sektori binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bizda bugun yosh mehmonlar !

Bugun Xalqaro oila kuni munosabati xodimlarimizning farzandlari tashkilotimizda mehmon bo‘lib, ota-onalarining ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Kichkintoyga esa arxiv xonasi juda maʼqul bo‘ldi
☺️

Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sog‘lom, baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bag‘rida ulg‘ayayotgan farzandlar komil inson sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qo‘shaversin. Zero, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekan, uning mustahkam bo‘lishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qilishi, shubhasizdir.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati
⚡️Yer egasiz emas

Ayni kunlarda viloyat hududida yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Bunda mutaxassislar tomonidan dronlar yordamida, kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar ko‘zdan kechirilmoqda.

➡️ Batafsil UzA saytida

#OAV_biz_haqimizda #UzA
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati
⚡️Toshkent viloyatida yer nazorati kuchaytirilmoqda

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida joriy yil boshidan beri jami 1 ming 511 ta holatda huquqbuzarlik aniqlangan.

➡️ Batafsil Talqin.uz saytida

#OAV_biz_haqimizda #Talqin
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar
⚡️Yurt kelajagi yoshlar qo'lida!

Bugun Toshkent shahridagi Adju Universitetida "Bo‘sh ish o‘rinlari - 2024" yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan ham mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Mazkur yarmarkadan ko‘zlangan maqsad kelgusida talabalarni ish bilan taʼminlash, ularlarni qiziqtirgan yo‘nalish bo‘yicha tushunchalar berish va o‘quv amaliyotini tashkil qilib, zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram