TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosаbat

⚡️Tezkor munosabat

Ijtiomiy tarmoqlarda "Bo'stonliqdan murojaat" sarlavhasi ostida eʼlon qilingan holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va holat yuzasidan batafsil axborot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olmaliq #bizningmanzillar

⚡️Bizning manzillar: Olmaliq shahri

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Olmaliq shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Olmaliq shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Djameldinov Muxammadjon Maxmud o‘g‘li
Filial rahbari - Safaxanov Rashshodxon Rustamxanovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Sahovat MFY, Gulshan ko‘chasi, 49-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-614-15-50

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #qonunchilikda_yangilik

⚡️Poraxo‘rlik haqida xabar berganlarga bir qator kafolatlar vaʼda qilinmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qonun bilan xabar beruvchiga quyidagilar kafolatlanmoqda:

— hayoti, sog‘lig‘i, shaxsiy va ishchanlik obro‘si hamda mol-mulkining himoya qilinishi;

— shaxsiga oid maʼlumotlar yoki boshqa sir tutilishi zarur bo‘lgan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor qilinmasligi;

— zarur huquqiy yordam bilan taʼminlanishi;

— xabar beruvchidan qasd olishga qaratilgan harakatlar, shu jumladan uni noqonuniy taʼqib qilish va jazolashga yo‘l qo‘ymaslik;

— xabar berganligi tufayli ishdan bo‘shatish, lavozimini pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish va boshqa shakllarda taʼqib qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligining taʼminlashishi.

❗️Mehnat qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno.

📌Jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 2-may sanasiga qadar davom etadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Notarius idoralarida oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval ob’ektga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang va kelgusidagi ovoragarchiliklarni oldini oling.

💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

❗️Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirishni unutmang!

Oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat #yernazorati
⚡️Darvoza o‘rnatganlarga chora ko‘rildi

Instagram tarmog‘i orqali "Bo‘stonliqdan murojaat" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaatda Bo‘stonliq tumani Sijjak MFY, Navolisoy ko‘chasida yashovchi fuqarolar Chorbog‘ suv omboriga olib boruvchi yo‘l darvoza bilan to‘sib qo‘yilganligi va fuqarolarning suv bo‘yiga borish imkoniyati cheklab qo‘yilganligi maʼlum qilingan.

Murojaatni o‘rganish davomida yuqorida qayd etilgan darvoza fuqaro Z.M tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilganligi va hech qanday hujjatlarsiz qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan tegishli tartibda MJtKning 60-modda 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik asosida ish hujjatlari rasmiylashtirilganligini maʼlum qilamiz.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar #yer_kuni

⚡️"Karyera kuni" mehnat yarmarkasi o‘tkazilmoqda

Ayni damlarda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hovlisida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda bir qator tizim tashkilotlari tomonidan "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Yarmarkada boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari bilan bir qatorda boshqarma faoliyati yuzasidan ham mutaxassislar tomonidan tushunchalar berilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?

Javob
:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Asos: VM-71, 14.02.2022-y.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Yuqori_Chirchiq

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi boshchiligida Yuqori Chirchiq tuman filialida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

🔹Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan hatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bu_kun #yer_kuni

🌎Yer - bizning yagona uyimiz!
22-aprel - Butunjahon Yer kuni


Har yili 22-aprelda nafaqat ulkan, balki chinakam xalqaro bayram - Xalqaro Yer kuni nishonlanadi.

🔰Ushbu bayramga 2009-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida asos solingan va 2010-yildan buyon nishonlab kelinadi. Bosh Assambleya BMTga aʼzo barcha davlatlarni, xalqaro va nodavlat tashkilotlarni «Xalqaro Yer kuni» ni nishonlashga chorlab keladi.

🔸“Yer kuni”ni nishonlash anʼanasi 1970-yilda AQSHda paydo bo‘lgan va 1990-yilda xalqaro tadbirga aylandi. Bundan tashqari, har yili ushbu kun maʼlum bir mavzuga bag‘ishlanadi.

🔸O‘zbekistonda ham Xalqaro Yer kunida tabiat bilan bog‘liq tadbir va aksiyalarni o‘tkazish anʼanaga aylangan.

Ayni damda mazkur aksiyalarda ishtirok etish uchun hamda Ona yerni asrash uchun hech bo‘lmaganda o‘z hovlingiz va uyingiz atrofini obodonlashtirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yer kuni”ni nishonlash anʼanasi qachon va qayerda paydo bo‘lgan ?
Anonymous Quiz
54%
1970-yilda AQSHda
21%
1990-yilda Oʼzbekistonda
13%
2010-yilda AQSHda
13%
1970-yilda Oʼzbekistonda
#rasmiy_munosabat

Rasmiy munosabat

YouTube internet tarmog‘i orqali Yuqori Chirchiq tumani Istiqlol MFY Jannatmakon bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati fuqarolari xonadonlarining Bosh rejaga kiritilmayotganliklari yuzasidan yoritilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilinadi.

Murojaatda qayd etilayotgan yaʼni bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati chegralariga aniqlik kiritish va uni meʼmorlikda shahar va boshqalarning kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan loyihaga kiritish kadastr vakolatiga kirmasligi va mazkur masalada Arxitektura idoralariga murojaat qilishlik maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#matbuot_anjumani

⭐️Kadastr agentligi tomonidan yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjuman boshlandi.

▶️Jonli efirni Uzreport TV, O‘zbekiston telekanali hamda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: ➡️ko‘rish

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM