TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#bilasizmi #huquq

🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

🔹o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishga;

🔹pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga;

🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

🔹chet davlat fuqaroligini olishga;

🔹qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#1_aprel

⚡️Bugundan nimalar o‘zgarmoqda?

1-apreldan ayrim qonun hujjatlari amalda kuchga kiradi.

➡️Ayrim tadbirkorlarga subsidiya beriladi. Batafsil

➡️Tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari sertifikatlanadi. Batafsil

➡️Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlarida ekspriment tariqasida ayrim xizmatlar ko'rsatiladi. Batafsil

➡️Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi. Batafsil

➡️Ayrim yolg'iz keksalarga poezdga bepul chiptalar ajratiladi. Batafsil

➡️Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda rag'batlantiriladi. Batafsil

➡️"Ko'cha san'ati va musiqasi" loyihasi amalga oshiriladi. Batafsil

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan egalik va ijara huquqlari berilishi kutilmoqda

Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda 4 millionga yaqin uy-joylarning kadastr hujjati yo‘q. Ularning aksariyati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlari balansida turipti. Tegishli hokimlik qarori bilan uy-joy uchun yer berilgan, ammo kadastr hujjati qilinmagan.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati izoh berdi.

➡️Batafsil videoda: https://youtu.be/biGqmY8EYIM

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar undirilmaydi ?
Anonymous Quiz
71%
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
10%
ko‘chmas mulk oldi-sotdi qilinganda;
19%
ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganda;
#Nurafshon #yernazorati

⚡️Nurafshonda loyihasiz qurilma bartaraf etildi

Nurafshon shahar, To‘ytepa MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi hududida "Mubarro oil" mchj tomonidan loyihasiz qurilmalar qurilgani aniqlangan.

Kadastr agentligining Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan MCHJ rahbariga tegishli tartibda ogohlantirish berilgan.

✔️Natijada MCHJ rahbari tomonidan belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi #yernazorati

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi.

Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Ohangaron

⚡️Bizning manzillar: Ohangaron shahri

📍Kadastr agentligi Ohangaron shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Ohangaron shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Xalmatov Javlon Xalmuradovich
Filial rahbari - Qo‘shmatov Farxat Rinatovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati,Ohangaron shahri, Shodlik ko‘chasi, 1-kichik nohiya, 1-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-645-18-09

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yashil_makon

☘️Ohangaronning Yalpoqtepasi yashil makonga aylantirilmoqda

“Yashil makon” loyihasi dasturi asosida yurtimizning barcha hududlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan ishlari davom etmoqda.

Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalariga biriktirilgan Ohangaron tumanining Yalpoqtepa MFY hududida ham kadastr xodimlari tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida mavsumda 35 ming tup manzarali va 10 ming tup mevali ko‘chatlar o‘tkazilishi reja qilingan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga qarshi samarali kurashgan tashkilotlar reytingi eʼlon qilindi

Reyting natijasiga ko‘ra, Kadastr agentligining bu boradagi ish samaradorligi 71 ball bilan “qoniqarli” deya baholangan. Bu ko‘rsatkich o‘z navbatida tizimda belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish sohasida kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 1097 yoki viloyat boshqarmasinining +99870 202-02-07 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #yernazorati

⚡️Zangiotada navbatdagi holat bartaraf etildi

Kadastr agentligi Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tumanning To‘qimachi massivida joylashgan "Gulbahor Obod" bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli yer maydoni fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, qurilish ishlari amalga oshirganligi aniqlandi.

Holat tegishli tartibda bo‘lim tomonidan nazoratga olinib, yer qonunbuzilishini sodir etganlarga nisbatan rasman ogohlantirish xatlari berildi.

✔️Natijada mazkur qurilmalar ixtiyoriy ravishda belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi taʼminlandi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM