TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan qayerga murojaat etish lozim ?
Anonymous Quiz
21%
Kadastr idoralariga
4%
Arxitektura va qurilish bo‘limlariga
75%
Davlat xizmatlari markaziga
#yoshlar #infografika

⚡️Kadastr tizimidagi yoshlarning eng ko‘pi Toshkent viloyatida


Kadastr agentligining maʼlumot berishicha, bugungi kunda kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar soni respublika bo‘yicha jami 2 463 ta tashkil etmoqda va eng ko‘p yoshlar soni Toshkent viloyatiga (270 nafar) to‘g‘ri kelmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Uy-joydan mahrum etish mumkin emasligiga oid qonunosti hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqiladi

Mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilanadi.

🏬 Uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yashil_makon

☘️ Kadastrchilar "Yashil makon" loyihasida faol

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 25-oktabrdan 1-dekabrga qadar "kuzgi daraxt ekish mavsumi" e‘lon qilingan edi.

Ushbu loyiha doirasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari hamda hududiy bo‘linmalari ham faol ishtirok etmoqdalar.

☘️ Bunda hududning iqlim sharoiti, tuproq agrotexnikalariga alohida e‘tibor qaratgan holda mevali ва boshqa turdagi ko‘plab ko‘chatlar ekilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda


🌱 Joriy yilning 6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda "Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovatsiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari - Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.

🇺🇿 Mazkur forumda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.

⭐️ 🌟 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.

#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #huquq

⚡️Yer uchastkalarida davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi


Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

Asos: Yer kodeksi 83-1-moddasi

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?
Anonymous Quiz
6%
Mahalla fuqarolari yig‘iniga
20%
Kadastr idoralariga
74%
Davlat xizmatlari markaziga
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Ohangaron shahar kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
40%
Namunali
20%
Yaxshi
10%
Qoniqarli
30%
Qoniqarsiz
#Angren #yernazorati

⚡️Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda

🔎 Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan monitoringlar davomida shaharning Yangigo‘shsoy MFY hududida davlat zaxirasiga qarashli bo‘lgan yer maydoni fuqaro D.D tomonidan o‘zboshimcha o‘zlashtirilib, kapital qurilish uchun beton poydevor qurish holati aniqlandi.

✍️ Mazkur holat yuzasidan bo‘lim tomonidan fuqaroga tegishli tartibda ogohlantirish xati berilib, yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozimligi hamda yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallash va noqonuniy qurilmalar qurishning huquqiy oqibatlari tushuntirilidi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘liq bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram