TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#bizningmanzillar #Piskent

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Piskent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Piskent tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Qarshiboyev Akmal Shirinboyevich
Filial rahbari - Aliyev Akrom Saxobitdinovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Piskent tumani, Muminobod MFY, X.Olimjon kuchasi, 66 uy

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#vakansiya

⚡️ BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !

📣 Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Bo‘stonliq tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
🔹Yuqori Chirchiq tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
🔹Chirchiq shahar filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
🔹Yangiyo‘l shahar filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi

👆Agar siz ushbu lavozimlardan birida ishlamoqchi bo‘lsangiz Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga hujjatlaringiz bilan tashrif buyuring va ariza qoldiring.

📍Bizning manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 24-uy.

Batafsil maʼlumot uchun 📞 +99870 202 0207

❗️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#seminar #UzKad

⚡️Milliy yer hisoboti tuzilishiga tayyorgarlik ishlari

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida “UzKad” dasturiga kiritilgan yer maydonlarini xisobga olishda amaldagi qonun va qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritilishini taʼminlashga doir seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Yer hisobini yurituvchi mutaxassilarga “UzKad” dasturida rollari bo‘yicha kelib tushayotgan arizalar tahlil qilinib, ularni belgilangan muddatlardan kechiktirmagan holda ko‘rib chiqish lozimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi 2024-yil 1-yanvar holatiga tuziladigan Milliy yer hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish va ma‘lumotlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#Olmaliq #tayinlov

Safaxanov Rashshodxon Rustamxanovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Rashshodxon Rustamxanovich - 1990-yil Angren shahrida tug‘ilgan. 2023-yil Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Angren shahar filiali bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Rashshodxon Rustamxanovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #targʼibot

⚡️Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan yer nazoratini amalga oshirish bilan bir qatorda yerg oid qonunbuzilish holatlarini oldini olish va yerdan foydalanuvchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yana-da yuksaltirish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Boshqarma hamda hududiy bo‘lim xodimlari viloyat hududidagi mahallalarda bo‘lib, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazishmoqda.

Navbatdagi targ‘ibot ishlari viloyatning Yangiyo‘l tumani, Qo‘shtepa MFY, Tinchlik massivida bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Payziyev hamda tuman bo‘limi masʼullari xonadonlarda bo‘lib, fuqarolarga yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozimligi hamda yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallash va noqonuniy qurilmalar qurishning huquqiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berdilar.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Zangiotatumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Jo‘rayev Sherali Mirzaaxmat o‘g‘li
Filial rahbari - Abidov Aziz Xamidullayevich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Notarius idoralarida oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval ob’ektga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang va kelgusidagi ovoragarchiliklarni oldini oling.

💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

❗️Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirishni unutmang!

Oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va bo‘lish tartibi belgilandi

Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash uchun shaxs my.gov.uz, Davlat xizmatlari markazi yoki Kadastr agentligining veb-sayti orqali ariza yo‘llaydi.

✍️ Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali 10 kun ichida joyiga chiqqan holda ko‘chmas mulkni bo‘lish imkoniyatini o‘rganib, abris tayyorlaydi va ko‘chmas mulkning yangi chegaralarini belgilash haqida dalolatnoma tuzadi.

🔑 Dalolatnoma ko‘chmas mulklarning mulkdorlari tomonidan ERI orqali tasdiqlanadi va dalolatnoma Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuman (shahar) bo‘limiga yuboriladi.

📨 Bo‘lim tomonidan 3 kun ichida kelishiladi. Kelishilgan dalolatnoma murojaatchiga yuboriladi.

Manba: kun.uz

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Parkent #OAV_biz_haqimizda #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️Parkent tumani aholisining kadastrga doir murojaatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Kadastr xizmatlari TOP-5 talikda !

Adliya vazirligining Davlat xizmatlari yangiliklari kanali 2023-yilning 9 oyi mobaynida aholi tomonidan "Eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari" to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, kadastr pasportini berish xizmatiga 501 461 ta va Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatiga 432 824 ta ariza bilan murojaat etilgan va ushbu xizmatlar "Eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari" TOP-5 taligidan o‘rin olgan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Qibray

⚡️Bizning manzillar: Qibray tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Qibray tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Qibray tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Tolipov Ziyodulla Xusniddinovich
Filial rahbari - Abdullayev Kamolliddin Shavkatovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Charos koʼchasi, 16 uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: (70) 202-02-08

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#Olmaliq #yernazorati

⚡️Olmaliqda o‘zboshimcha qurilmalar bartaraf etilmoqda

Kadastr agentligi Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida shaharning A.Qaxxor MFY hududidagi o‘zboshimcha egallangan yerlar hamda noqonuniy ravishda qurib olingan garajlar bartaraf etilishi taʼminlandi.

Tadbir davomida mahalliy aholiga yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozimligi hamda yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallash va noqonuniy qurilmalar qurishning huquqiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram