TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
August 15, 2023
#eʼlon #Zangiota #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Zangiota tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Zangiota tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 16-avgust kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Zangiota tumani, 1-sektor, Obod turmush MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 15, 2023
#rasmiy_munosabat

⚡️"Prezident sovg‘asi" oldi-sotdi qilinmagan. Uy o‘z egalarida !

YANGI-YANGIYO‘L(portal) telegram kanali orqali yoritilgan videomurojaatda Yangiyo‘l shahrida Prezident sovg‘asi sifatida berilgan uy boshqa shaxs nomiga "cherez notarius" qilib yuborilgani taʼkidlangan.

Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Yangiyo‘l shahar hokimining 2022-yil 18 dekabrdagi 162-10-196/21-sonli qaroriga asosan Yangiyo‘l shahar, Lazzat MFY, Lazzat ko‘chasi 6-uy 4-xonadon fuqaro Azizova Saodat Primovna nomiga 11:22:01:01:10:0044:0001:004 kadastr raqami bilan "Ko‘chmas mulk-3" dasturiga kiritilgan.

📌Demak, uy egasi o‘zgarmagan vа mazkur ko‘chmas mulkka nisbatan oldi-sotdi notarial amaliyoti bajarilmagan. Uy o‘z egalarida !

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 15, 2023
#korrupsiyagaqarshi #Ohangaron

⚡️Maqsad: korrupsiyadan holi hayot !

Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🔹 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i va Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Ohangaron tuman hamda shahar bo‘limi xodimlari o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 15, 2023
August 16, 2023
August 16, 2023
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 16, 2023
August 16, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
August 16, 2023
August 17, 2023
August 17, 2023
August 17, 2023
#mini_futbol

⚡️Kadastrda sport

Kuni kecha Kadastr agentligi mutasaddilari hamda sport ustalari ishtirokida 2023-yil 21-26-avgust kunlarida o'tkaziladigan mini futbol sport musobaqasi jamoalarning guruhlarini aniqlash maqsadida qura tashlash bosqichi o‘tkazildi.

✔️Qur'a tashlash natijalariga ko'ra, Toshkent viloyati jamoasi "A" guruhdan joy oldi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 18, 2023
#Ohangaron #yernazorati

⚡️Navbatdagi aniqlangan holat Ohangaron shahridan

📍Navbatdagi yer qonunbuzilish holati Ohangaron shahrida aniqlandi.

Unga ko‘ra, Ohangaron shahar No‘g‘ayqo‘rg‘on MFY hududidagi davlat zaxirasiga qarashli yer maydoni fuqaro X.T tomonidan o‘zboshimcha egallanib, qurilish ishlari amalga oshirilgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan fuqaroga ogohlantirish xati berilib, to‘liq nazoratga olinishi natijasida qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 18, 2023