TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Hozirda yerga oid huquqlarning qanday turlari amal qilmoqda ?
Anonymous Quiz
53%
Doimiy foydalanish huquqi
22%
Vaqtincha foydalanish huquqi
25%
Umrbod foydalanish huquqi
#Olmaliq #qaror #chegara

⚡️Olmaliqdagi mahalla chegaralari o‘zgarmoqda

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2023-yil, 15-iyuldagi №VI-74-59-10-147-К/23-sonli qaroriga koʻra Piskent tumanidan Olmaliq shahriga oʻtgan "Namuna" mahallasi va boshqa quyidagi mahallalarning chegaralariga oʻzgartirish kiritildi. Unga ko‘ra,

🔹“Namuna” mahallasi tarkibidagi “Suyurtepa” (qishlogʻi) hududi (jami 35 ta aholi xonadoni, 1 ta koʻcha va 124,467 gektar yer maydoni bilan) Olmaliq shahar Muqumiy mahallasi tarkibiga, .

🔹“Namuna” mahallasi tarkibidagi “Suyurtepa” (qishlogʻi) hududidagi 38.3 gektar aholi yashash punktlarisiz yer maydonlari Olmaliq shahar Abdulla Qahhor mahallasi hududi tarkibiga oʻtkazildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YangiToshkent #qonunchilikda_yangilik #auksion

⚡️Yangi Toshkentdagi yer uchastkalari auksionga qo‘yiladi

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari
“E-auksion” orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.

Bu kecha, 20 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan. Unga ko‘ra,

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq “E-auksion” elektron platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.

‼️Maʼlumot uchun, Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda. Shundan 12905,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6823,7 gektar boshqa yer toifasiga kiradi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Angren #yernazorati

⚡️Joylarda yer nazorati xatlov ishlari davom etmoqda

Toshkent viloyatida 2023 yilda yer qonunchiligiga rioya etilish ahvolini o‘rganish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tasdiqlangan Yo‘l xaritasiga muvofiq, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari prokuratura organlari bilan hamkorlikda Angren shahrida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishchi guruh vazifalari joylarda yer turidan qatʼiy nazar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, ularda amalga oshirilgan noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish etib belgilangan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99870 202-02-07
📞 +99895 199-17-73

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing #OAVbizhaqimizda #Qibray

⚡️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Qibray tuman filiali tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot brifingi

Joriy yil boshidan filialga kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yichа jami 3760 ta ariza kelib tushgan. Shundan

🔹2126 ta Davlat xizmatlari markazi orqali
🔹1634 ta Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali

✔️Mazkur arizalarning 1734 tasi ijobiy yakunlanib, kadastr pasportlari rasmiyshlashitirib berilgan.

Bundan tashqari, filiali tomonidan tumanda mavjud 42 ta maktab hamda 37 ta maktabgacha taʼlim muasassalari maʼlumotlari o‘rganilib, Uzkad tizimga kiritilishi taʼminlangan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#ogohlik #jinoyat

⚡️Yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln. AQSH dollariga sotib olib berishini aytib, yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln. AQSH dollari, boshqa holatda O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1972 y.t., muqaddam sudlangan shaxs firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2021 yilda Bo‘stonliq tumani hokimligi tomonidan mahalliy qurilish firmaga investitsiya kiritish dasturi asosida ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2,5 mln. AQSH dollari berishini talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 200 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

✔️ HA !

- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !

- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

‼️Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
31%
Namunali
28%
Yaxshi
6%
Qoniqarli
34%
Qoniqarsiz
#Angren #yernazorati

⚡️Noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy bartaraf etilmoqda

Avval habar qilganimizdek, joylarda ishchi guruh yer nazorati tadbirlari xatlov ishlari bo‘yicha Angren shahrida o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Ishchi guruh tomonidan yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash bilan bir qatorda noqonuniy qurilmalarni bataraf etish choralari ham ko‘rilmoqda.

✔️Tadbir davomida fuqarolar bilan suhbat olib borilib, yer qonunbuzilish holatlari oqibatlari haqida tushunchalar berilishi natijasida qurilmalarning fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️"Rahbar va yoshlar" 1-Milliy Forumi ▪️

⭐️🌟 Kadastr yoshlari ishtirokidagi "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumi taqdirlash marosimidan so'ng o'z nihoyasiga yetdi.

Forumning uchunchi kuni Zomin tumanida o‘tkazilib, g'olib deb topilgan "Palata yoshlari" jamoasi hamda har 7 ta jamoadan 1 nafardan eng faol ishtirokchi Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari N.Inamov hamda tadbir tashkilotchilari tomonidan maxsus sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🫥 Tajriba va taassurotlarga boy bo'lib o'tgan forumda ishtirok etgan yoshlarning quvonchlarini mazkur sur'atlar orqali ko'rishingiz mumkin.

➡️ Forum haqida yana batafsil ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #rahbar_yoshlar_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM