TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#Zangiota_tumani #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Zangiota tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

🔹 korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning 3 baravari miqdorida;

❗️ pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha bo‘lsa:

🔹ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔹uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 7 baravari miqdorida;
🔹og‘ir jinoyat uchun — BHMning 10 baravari miqdorida;
🔹o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida;

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔹Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔹Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
▪️ yer uchastkasi ko‘rsatiladi
▪️ chegaralar belgilanadi
▪️ amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#Bekobod #yernazorati

⚡️Bekobodda yana bir holat

Kadastr agentligi Bekobod shahar bo‘limi tomonidan Metallurg MFY, Shiroq ko‘chasida joylashgan "Farudun Sharafshon" fermer ho‘jaligiga tegishli yer maydonidagi noqonuniy qurilmaga tegishli choralar ko‘rilib, qurilma bartaraf etilish taʼminlandi.

Shu bilan birga, fermer xo‘jaligi rahbariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirmaslik yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

❗️Qonunchilikka muvofiq, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Qibray tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz?
Anonymous Poll
52%
Yaxshi
8%
Namunali
9%
Qoniqarli
31%
Qoniqarsiz
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (825 000 so‘m);

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat #dehqon_xojaligi #PQ_20

⚡️O‘Z DAROMAD MANBAINGIZGA EGA BO‘LING !

☝️Dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yilga ijara oling va o‘z daromadingizni yo‘lga qo‘ying.

❗️"Yoshlar", "Ayollar" va "Temir" daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi ta’minlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#YangiToshkent #OAV_biz_haqimizda

⚡️Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent shahriga qancha yer maydoni o‘tmoqda?

🏬 Yangi toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda. Shundan 12905,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6823,7 gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir.

Mazkur yerlardan foydanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda. Jumladan,

🔹 fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari – 13185 gektar (242 ta);
🔹 yordamchi xo‘jaliklar va issiqxona yerlari – 203,8 gektar (49ta);
🔹 dehqon xo‘jaliklari – 323,5 gektar (100 ta);
🔹 o‘zga yerdan foydalanuvchilar – 2263,2 gektar (379 ta);
🔹 aholi tomorqalari – 3012,6 gektar;
🔹 mahalliy hokimiyat zahirasidagi yerlar – 60,5 gektar (2 ta);
🔹 kanallar va yo‘llarga ajratilgan yerlar – 680,5 gektar

👉 UzReport.news

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun qanday javobgarlik mavjud ?
Anonymous Quiz
77%
fuqarolarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima
15%
fuqarolarga BHMning 15 baravari miqdorida jarima
8%
fuqarolarga BHMning 25 baravari miqdorida jarima
#bilasizmi #taqiq #kadastr_xizmati

⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

☝️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Bugundan qonunchilikda nimalar o'zgardi?

2023yil 1-iyundan

Mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini taʼminlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar bekor qilinadi:

🔹to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi;

🔹chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Bekobod

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bekobod tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bekobod tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Raxmonov Farxod Ravshanbekovich
Filial rahbari - Xakimov Umidjon Muratovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zafar shaharchasi, Toshkent ko‘chasi, 5-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-29

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #bilasizmi

⚡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

🔹Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🔹Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47 - modda

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram