TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#Chinoz #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️Chinoz tumanida aholi murojaatlari o'rganildi

Bugun Chinoz tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #infografika

⚡️Toshkent viloyatining jami yer maydoni va tuman-shaharlar ulushi to‘g‘risida maʼlumot

📍Unga ko‘ra, viloyatning eng katta tumani bu Bo‘stonliq tumani bo‘lib, uning jami yer maydoni 493,42 gektarni tashkil etadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#murojaatlar #qonun

⚡️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

Qonunchilikka ko‘ra,
🔹 jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

🔹 murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

🔹 murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

🔹 murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

🔹 jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

— mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #Olmaliq

⚡️Yer nazorati tadbrilari davom etmoqda

Olmaliq shahar, Yulduz MFY, Olmaliq ko‘chasi hududida o‘zboshimcha egallanib, o‘rab olingan yerlar hamda noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalar mahalliy aholi tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish
🔹 fuqarolarga BHMning 150 baravari

🔹 mansabdor shaxslarga esa — 300 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (825 000 so‘m);

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#savol_javob #huquqvaqti #yernazorati

Savol:
- Hovlimiz 23 sotixdan iborat. Kadastr hujjatlarimizda 11 sotix yer qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qura olamanmi?

Javob:
Qonunchilikka muvofiq, o‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish lozim bo‘ladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

🚫 Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muhofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash ishlarini yangi pog‘onaga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #qonun
⚡️Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari

🔹Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.

🔹Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.

🔹Umumiy mulk bo‘lgan mol-mulk ulushlarga bo‘linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

🔹Umumiy birgalikdagi mulk o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan (bo‘linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko‘ra taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda vujudga keladi.

🔹Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo‘yilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun kadastr pasportini shakllantirish nechi kun ichida amalga oshiriladi ?
Anonymous Quiz
28%
5 ish kunigacha
64%
3 ish kunigacha
7%
7 ish kunigacha
#bizningmanzillar #Bostonliq

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Karimov Djamshid Abdullajanovich
Bosh muhandis - Xoldorov Otabek Karim o‘g‘li

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Bòstonliq tumani, Istiqlol MFY, Beruniy kòchasi, raqamsiz uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-742-10-41

Каналга уланиш:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #yernazorati

⚡️Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq,

🔸Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

📌Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar so‘ralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilgan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

❗️
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #savol_javob

Savol:
- Ko‘chmas mulk deb qanday obyektlarga aytiladi?

Javob:
- yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #statistika

⚡️Toshkent viloyatida qancha uy (kvartira) bor?

Toshkent viloyatida 01.05.2023 yil holatiga 5,076 ta ko'p qavatli uylar mavjud bo'lib, ushbu ko'p qavatli uylarni 164,900 ta kvartiralar tashkil etadi.

Hududlar boʻyicha uylar (kvartiralar) soni:
▫️Oqqo‘rg‘on tumani - 940 ta;
▫️Ohangaron tumani - 3 313 ta;
▫️Bekobod tumani - 885 ta;
▫️Bo‘stonliq tumani - 7 769 ta;
▫️Bo‘ka tumani - 767 ta;
▫️Quyichirchiq tumani - 793 ta;
▫️Zangiota tumani - 6 006 ta;
▫️Yuqorichirchiq tumani - 1 361 ta;
▫️Qibray tumani - 6 082 ta;
▫️Parkent tumani - 2 690 ta;
▫️Piskent tumani - 645 ta;
▫️O‘rtachirchiq tumani - 932 ta;
▫️Chinoz tumani - 2 101 ta;
▫️Yangiyo‘l tumani - 4 170 ta;
▫️Toshkent tumani - 2 098 ta;
▫️Nurafshon shahri - 3 716 ta;
▫️Olmaliq shahri - 25 096 ta;
▫️Angren shahri - 25 904 ta;
▫️Bekobod shahri - 15 385 ta;
▫️Ohangaron shahri - 7 907 ta;
▫️Chirchiq shahri - 37 812 ta;
▫️Yangiyo‘l shahri - 8 528 ta;

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

⚡️ Bo‘sh yer uchastkasini auksionga chiqarish tartibi qanday ?

▪️Bo‘sh yer uchastkasini auksionga chiqarish tartibi qanday ?

▪️Talabgor auksion orqali bo‘sh yer uchastkasini sotib olgandan so‘ng qanday jarayon amalga oshiriladi ?

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#tahlil #VM_71

⚡️Toshkent viloyatida yer uchastkalarini xususiylashtirish ahvoli qanday ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga asosan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha jami 2746 ta ariza kelib tushgan. Shundan

🔹855 ta arizaga ijobiy xulosa berilgan va mazkur yer uchastkalari xususiyshtirilgan;
🔹1876 ta ariza rad etilgan;
🔹15 ta ariza hozirda jarayonda qolmoqda.

Arizalarning rad etilish sabablari asosan yerga bo‘lgan huquqni mavjud emasligi, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish masalasi, davlat orderi asosida (kottedj tipidagi) uylar (kvartiralar) egalari va muhofaza zonalarida joylashgan obyektlar bo‘lmoqda.

📌Maʼlumot qaror kuchga kirgan sanadan boshlab bugungi kun holatiga

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Yangiyoltumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman filiali

Bo‘lim boshlig‘i - Maxmudov Adxam Baxtiyarovich
Filial rahbari - Pulatov Oybek Xasanovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Gulbahor SHFY, Ko‘kalamzor MFY, Yoshlik ko‘chasi

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram