TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.71K photos
939 videos
10 files
7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Xatlov jarayonlarida milliylik!

Yurtimiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimiz, urf-odat ва anʼanalarimizni ulug‘lash maqsadida kadastr muhandislari joylarda xatlov jarayonlarini milliy liboslarda olib borishmoqda va “#milliy_libos” chellenjida faol ishtirok etishmoqda.

#milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Turar ва noturar joylarga nisbatan mol-mulk solig‘i oshishi mumkin

Biroq, bunda soliq stavkasi emas, balki soliq solinadigan mulkning baholanish usuli o‘zgaradi.

Misol uchun, agar mulk avval past baholangan bo‘lsa, soliq ham shunga mos ravishda kam bo‘lgan. Yangi tartibga ko‘ra, mulk qayta baholanadi ва agar uning qiymati oshgan bo‘lsa, to‘lanadigan soliq ham ortadi.

Prezident farmoniga ko‘ra quyidagilar iqtisodiy aktiv sifatida qayta baholanadi.

8 milliondan ortiq turar ва noturar joylar
7 millionga yaqin yer uchastkalari

🌀Shuningdek, ko‘chmas mulkning soliq hisoblash, oldi-sotdi, garovga qo‘yish ва jamoat ehtiyojlari uchun davlat tomonidan olib qo‘yish jarayonlarida baholash tizimi uyg‘unlashtirilishi belgilandi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☀️Iftorlik vaqti: 14-mart
Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

#RamazonMuborak
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

Bugun Kadastr agentligi Toshkent viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Chirchiq shahar filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida kadastr xodimlari o‘rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Bugun Davlat kadaatrlati palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Nurafshon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida ko‘rilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qabulga yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida hamda Qonun ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

#Nurafshon #sayyorqabul
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram