TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.71K photos
939 videos
10 files
7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasining oliy mukofoti — Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi.

1802-yilda ta’sis etilgan yuksak mukofotni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Zangiota tumanida yerlarni talon-taroj qilganlik holati aniqlandi

Aniqlanishicha, Zangiota tumani hokimining 28.03.2014-yildagi tegishli qarori bilan “N” MCHJga tumanning Nazarbek hududida joylashgan 33,12 gektar yer maydoni biriktirib berilgan hamda 29.12.2018-yildagi qarorga asosan qurilishdan holi qismda “Soyabonlar, oshxona, mexmonxona, savdo shaxobchasi, qorovulxona, yordamchi bino, xojatxona, omborxona, qo‘yxona, ishlab chiqarish maxsulotlarini saqlash uchun muzlatgich” bino-inshootlarini qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

Biroq, MCHJning 2020-2021-yilllardagi yig‘ilish bayonlari asos qilinib 7 nafar yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi xaritasining
1q,3-konturdadagi jami 9,41 gektar 71 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydoni ulush sifatida berib yuborilgan.

⚠️Natijada esa qishloq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan ekin yer maydoni talon-taroj bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

#yernazorati #Zangiota
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi, 44-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Qishloq xo‘jaligi erlarini auksionda sotish bo‘yicha yangi yengillashtiruvchi tartib joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Adminstratsiyasining 2025-yil 10-martdagi topshirig‘iga asosan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida online-auksion savdolarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tartib joriy qilindi

takroriy auksionlar xar kuni o‘tkaziladi;
auksionda 1 nafar ishtirokchi qatnashsa xam auksion o‘tkazilgan hisoblanadi;
takroriy auksionda boshlang'ich narx 10%dan kamaytirib boriladi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, huquqni eʼtirof etish bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida huquq eʼtirof etilishi mumkin deb topilgan bo‘lsa, mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 6-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Bir martalik umumdavlat aksiyasi 
— o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 2-modda
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish reja-jadval asosida amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

🔖Mazkur reja-jadval kadastr.uz rasmiy sayti, Ommaviy axborot vositalari hamda Toshkent viloyati kadastri rasmiy telegram kanali orqali doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 13-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo'lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.

Huquqiy asos:
VM-595-son 14.10.2022 yil
#Bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Nurafshon shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Nurafshon shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 14-mart kuni soat 15-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Yoshlik" MFY, "Tong" madaniyat saroyi

☎️ Murojaat uchun: +998 (71) 502-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy liboslarimiz o‘zligimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

Haftaning har jumasi jonajon Vatanimizda "Milliy liboslar kuni" sifatida keng nishonlanmoqda. Bu kunda barcha yurtdoshlarimiz jonbozlik ko'rsatib, milliyligimizni tarannum qilishmoqda.

Ayni vaqtda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ham "Milliy liboslar" chellenjini qo'llab-quvvatlashmoqda.

#milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy liboslarimiz o‘zligimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

#fotolavha #milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda qanday huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?

Javob
:
- Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xatlov jarayonlarida milliylik!

Yurtimiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimiz, urf-odat ва anʼanalarimizni ulug‘lash maqsadida kadastr muhandislari joylarda xatlov jarayonlarini milliy liboslarda olib borishmoqda va “#milliy_libos” chellenjida faol ishtirok etishmoqda.

#milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram