TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlari haqida bilasizmi ?

🔹 Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish

xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish

xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish

uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

#bilasizmi #qonun
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

MILLIONLAR TAQDIRIGA DAHLDOR TASHABBUS!
Ko‘pchilikning sarsongarchiligiga chek qo‘yadigan amaliyot.

Videoni to‘liq tomosha qiling👇
https://www.youtube.com/watch?v=SY6qxySEJHA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT E’LON!

⚡️HURMATLI TADBIRKORLAR!

Joriy yilning 24-fevral kuni soat 16:00 da viloyatimizning barcha tadbirkorlari uchun Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi binosida seminar-trening bo'lib o'tadi.

Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-sonli Farmoni mazmun-mohiyati.

Seminar Kadastr agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmalari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi binosining majlislar zali

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xatlov jarayonlari nazorat ostida. Piskent tumani

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.

Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kadastr xodimlari "Milliy liboslar" chellenjida faollik ko'rsatishdi

Milliy liboslarimiz o‘zligimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

Haftaning har jumasi jonajon Vatanimizda "Milliy liboslar kuni" sifatida keng nishonlanmoqda. Bu kunda barcha yurtdoshlarimiz jonbozlik ko'rsatib, milliyligimizni tarannum qilishmoqda.

Ayni vaqtda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ham "Milliy liboslar" chellenjini qo'llab-quvvatlashdi.

Barchani milliy libos kiyishga, an'analarga hurmat ruhi bilan qarashga chaqiramiz. Zero, har bir millatning madaniy boyligi, uning milliy kiyimlaridadir!

#milliy_libos #chellenj
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
📣DIQQAT EʼLON!

❗️Hurmatli Toshkent viloyati, Toshkent tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Bugun soat 15:00 ga mo‘ljallangan Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokidagi sayyor qabul soat 16:00 ga qoldirildi. Keltirilgan noqulayliklar uchun oldinda uzur so‘raymiz.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 71 502 02 07 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Toshkent tumanida sayyor qabul


⚡️ Bugun Toshkent tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ahmadjon Suyunov boshchiligida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o'tkazilmoqda.

◼️Jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr masalasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvga 20 dan oshiq murojaatchilar tashrif buyirgan bo'lib, mas'ullar tomonidan har bir masala izchillik bilan o'rganilmoqda.

◼️ Qayd etish kerakki, sayyor qabulda rais o'rinbosari yig'ilgan fuqarolarga O'RQ-937-qonunning tartibi va ahamiyatli jihatlari bo'yicha asosli tushunchalar ham berib o'tmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan tezkor munosabat.

1.
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan.

2. 🌟 Kadastr agentligi hamda uning tizim tashkilotlarida ko'chmas mulklarga EGALIK, MULK va boshqa huquqlarni berish vakolati mavjud emas.

3. Qonunga ko'ra Kadastr idoralari yoki Davlar xizmatlari markaziga murojaat etilmaydi. Reja-jadval asosida kadastr xodimlari mahallalarda xatlov ishlarini ketma-ketlikda amalga oshiradi.

📢 Yurtdoshlarimizdan esa yuqoridagi kabi fuqarolarni chalg'itib, sarsongarchiligiga sabab bo'luvchi noto'g'ri axborotni tarqatmasliklarini so'rab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 834 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

🔹Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 920 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

🔹 Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 745 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 920 000 so‘m.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Kadastr xalq xizmatida

Davlat kadastr palatasining Chirchiq shahar filiali kadastr muhandislari tomonidan reja-jadval asosida xatlov ishlari faol davom ettirilmoqda.

📍Ayni kunlarda Chirchiq shaharining "Baxor" hamda "A.Temur" MFYlarida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram