TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.71K photos
939 videos
10 files
7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Quyidagi hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar undirilmaydi:

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹 avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berish;

🔹qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 14
February 14
⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 17
February 17
February 17
❗️Imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

⚠️Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

✍️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Asos: Yer kodeksi, 91-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 17
⚡️Xatlov jarayonlari nazorat ostida. Bekobod shahri

Kadastr agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.

Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 17
February 18
Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etish bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

🔹BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔹2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔹1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


O‘sha qilmish:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔹3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Asos:
Jinoyat kodeksi, 197(1)-modda
#yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 18
Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 18
Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (375 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (337 500 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 18