TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Ko‘chmas mulkni birlashtirish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga nisbatan tatbiq etilmaydi

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹 ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹 huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹 ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.


Asos: VM-424, 25.08.2023-yil

#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 4 313 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

#bilasizmi #huquq #VM_71
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔹Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔹Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
▪️ yer uchastkasi ko‘rsatiladi
▪️ chegaralar belgilanadi
▪️ amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga
ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarida davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi

Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

Asos: Yer kodeksi 83-1-moddasi
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
📣 DIQQAT EʼLON!
Ertaga, 31-yanvar kuni soat 15.00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.


“Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkaziladi.

✔️Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlarini taklif etamiz!

📍Manzil: O‘zbekiston Milliy matbuot markazi. Toshkent shahri, Shayxontohur, Navoiy shoh ko‘chasi, 16-uy

#matbuot_anjumani
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔖Servitut — ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasining qo‘shni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda servitut bekor qilinadi ?

Javob
:
Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

🔹servitut ishtirokchilarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra;
🔹yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning asoslangan talabiga ko‘ra;
🔹servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
🔹servitutning amal qilish muddati tugaganda;
🔹agar servitut belgilash uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa;
🔹qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.

❗️Servitutni bekor qilish to‘g‘risida servitut ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Huquqiy asos:
O‘RQ–871, 23.10.2023-y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

📗Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad

Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
🟢 Ayni damda, O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida “Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Matbuot anjumanini Uzreport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#ayni_damda #matbuot_anjumani
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Toshkent viloyatida yerga oid huquqbuzarliklar ahvoli qanday?

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan 12 oyida jami 4 876 ta holatda 434,4 gektarda huquqbuzarlik holatlari aniqlangan, shundan 2 373 ta holatda yer qonunbuzilish holatlari joyining o‘zida bartaraf qilingan.

Aniqlangan holatlar:

🔹qishloq xo‘jaligi yerlarida 176 ta holatda 42,5 gektar,
🔹aholi punktlari yerlarida 4 233 ta holatda 153,4 gektar,
🔹Sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda 205 ta holatda 13,2 gektar,
🔹suv fondi yerlarida 83 ta holatda 7,5 gektar
🔹zaxira yerlarda 163 ta holatda 217,2 gektar.

#ayni_damda #matbuot_anjumani
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni bo‘lish xizmati qanday obyektlarga nisbatan tadbiq etilmaydi?

Javob:
- Mazkur xizmat quyidagi obyektlarga nisbatan tadbiq etilmaydi:
🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqida bo‘lgan yer uchastkalariga;
🔹huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.

#bilasizmi #savol_javob
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #ORQ_728

⚡️Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

❗️Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Uylar noqonuniy qurilgan deb buzilyapti" nomli video murojaat eʼlon qilindi. Ushbu murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Toshkent viloyati Zangiota tumani Bo‘ston mahallasi hududidagi nizoli bo‘layotgan yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2021 yil 29 maydagi tegishli qaroriga asosan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi balansiga qabriston tashkil etish maqsadida ajratib berilgan. Bugungi kunda mazkur yer maydonida 57 nafar fuqarolar tomonidan Shirkat xo‘jaligining 2004 yildagi yer ajratish qarorini asos qilgan holda qurilmalar qurilganligi aniqlangan biroq, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingandan keyin yaʼni 1998-yil 30-apreldan boshlab yer ajratish vakolati Hokimliklar tomonidan amalga oshirilgan shirkat xo‘jaliklarning yer ajratish vakolati bo‘lmaganligini maʼlum qilamiz.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram