TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.72K photos
939 videos
10 files
7.01K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Viloyatdagi nomsiz ko‘chalarga nom berish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Bugun Ohangaron tumanida viloyat hokimligi, Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi masʼullari va hokimliklarning davlat tili bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida viloyatdagi mavjud nomsiz hamda takrorlanuvchi nomga ega ko‘chalarni nomlash hamda O‘RQ-937-son Qonunini ijrosi masalalari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda nomsiz ko‘chalarni davlat reyestriga kiritishda yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan ularga takliflar berildi.

Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i J.Axrorov tomonidan ayni paytda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari olib borilayotgani, jarayonda xodimlar bir qancha to‘siqlarga duch kelayotgani, jumladan kadastr xodimini uyiga kiritmaslik holatlari ko‘p uchrayotgani taʼkidlandi va mahalla raislaridan xatlov jarayonlarida kadastr xodimlariga ko‘maklashishlari lozimligi, qonun faqat xalq manfaati yo‘lida ekanligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

#seminar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi Kengashlar qarorlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

Manba: O‘RQ-937-son, 20-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartiriladimi?
Anonymous Quiz
52%
Ha, o‘zgartiriladi
48%
Yo‘q, o‘zgartirilmaydi
Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

🔹Angren shaharida 115 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 29 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 100 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 326 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 32 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 284 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 120 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 140 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 410 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 29 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 108 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 60 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 17 ta (Ko'rish)

#auksion #yer_uchastkalari
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun yer uchastkasi elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lishi lozim

✔️Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

🔸mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔸mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔸mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Manba: O‘RQ-937-son, 4-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijaraga olgan yerimni boshqa shaxsga ijaraga berishim mumkinmi ?

Javob:

Ijara to‘g‘risidagi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir.

❗️Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishga asos bo‘luvchi hujjat ilova qilgan holda ariza yuboradi;

✔️DK filiallari obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnoma loyihasini tayyorlaydi va o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

✉️Loyihani YIXDP orqali qurilish organiga tasdiqlash uchun yuboradi

🔖Qurilish organi ERIsi orqali tasdiqlash yo‘li bilan dalolatnoma loyihasini kelishadi

Loyiha dalolatnomasini YIXDP orqali DK filiallariga yuboradi.

✉️DK filiallari QR-kodli dalolatnomaning kelishilgan loyihasi hamda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani YIDXP orqali yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 9 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,3 baravar miqdorida (102 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,27 baravari (91 800 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Kadastr pasporti —
ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi umumiy maʼlumotlarni va obyektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qizil maydonga qurilish qila olamanmi?

Savol:
- Hovlimiz 23 sotixdan iborat. Kadastr hujjatlarimizda 11 sotix yer qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qura olamanmi?

Javob:
Qonunchilikka muvofiq, o‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish lozim bo‘ladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muhofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

#savol_javob #huquqvaqti #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

📗Kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari elektron jamlanmasi.

#bilib_qoygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘p yillik dov-daraxtlargaham kadastr pasporti tayyorlanishini bilarmidingiz ?

Bunda ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasporti tayyorlashda dov-daraxt joylashgan yerning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi dov-daraxtlarga bo‘lgan kadastr pasporti tayyorlashga asos bo‘ladi.

Dov-daraxtlarga kadastr pasporti tayyorlash muddatlari quyidagicha taqsimlanadi.

Ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi bo‘yicha:
🔹umumiy maydoni 1 gektargacha — 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 25 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 30 ish kunigacha.


#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Savol:
- Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish uchun qancha miqdorda to‘lov amalga oshiriladi ?

Javob:
- Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m bo‘lsa, demak mazkur xizmat uchun to‘lov miqdori 187 500 so‘mni tashki etadi

Huquqiy asos: VM-535, 02.09.2020 yil
#bilasizmi #savol_javob
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi

Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

❗️Biroq, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 66-modda
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

✍️ Tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

🏬 Bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.

📑 Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga olsa bo‘ladimi?

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:

🔹 qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

🔹 tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

Qonunchilikka ko‘ra,
➡️ jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

➡️ murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

➡️ murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

➡️ murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

➡️ jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

— mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
#murojaatlar #qonun
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Zangota IIB si kim tomonu toshkent tumani IIB sizchi" nomli murojaat eʼlon qilindi. Murojaatda toshkent viloyati, Zangota tumani, Qatortol MFY da yashovchi fuqaro Z.P tomonidan yashirincha kadastr hujjatlari tayyorlanib, qaynonasi S.K ga tegishli yer o‘zlashtirib olinayotganligi taʼkidlangan.

Davlat kadastrlari palatasi toshkent viloyati boshqarmasi ushbu murojaatni o‘rganib chiqdi va quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatda aytilayotgan yer uchastkasi vazirlar mahkamasining 461-son "O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi" doirasida mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan berilgan dalolat nomasiga asosan fuqaro Z.P ga egalik huquqi eʼtirof etilgan, hamda ushbu huquqqa asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yer bo‘yicha kelib chiqqan nizolar yer kodeksining 89-moddasiga asosan sud o‘ngirlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

🔹renta oluvchi;
🔹rentani to‘lovchi hamda rentaning miqdori yoki uni aniqlash tartibi va shartlari.

Renta shartnomasi — fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biri, unga koʻra bir tomon (renta oluvchi) boshqa tomon (renta toʻlovchi)ga mulkni beradi, renta toʻlovchi esa olingan mulk oʻrniga renta oluvchiga muayyan pul mablagʻi shaklida renta toʻlab turish yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablag' berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.

📄Renta shartnomasi boʻyicha rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchining umri davomida (umrbod renta) toʻlash majburiyatini belgilash mumkin.

❗️Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi kerak.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM