TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Chirchiq shahrida xatlov ishlari davom etmoqda

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutaxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Chirchiq shahrining “Istiqlol”, "M.Ulugbek", "Iftixor" hamda "Yangi Ozbekiston" MFY larida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✔️Xizmatdan foydalanish hech hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

❗️Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bizning manzillar: Angren shahri

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Angren shahar bo‘limi Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Angren shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Umaraliyev Jaloliddin Noriman o‘g‘li
Filial rahbari - Baymuratov Sherzod Abdurashidovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahar, O‘zbekiston Mustaqilligi ko‘chasi

☎️Murojaat uchun telefon: 70-662-26-02

#bizningmanzillar #Angren
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati Bo‘ka tumani, Jo‘raobod MFYda yashovchi fuqaro tomonidan yo‘llangan murojaat Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Bo‘ka tumani, Jo‘raobod MFY, Guliston ko‘chasida joylashgan xonadon yon qismiga tutash 1100 kv metr yer maydoni fuqaro J.A tomonidan o‘zboshimcha egallanib, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi, holat yuzasidan Kadastr agentligining Bo‘ka tuman bo‘limmi tomonidan tegishli tartibda ogohlantirilib, Majburiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-modda 3-qism bilan jarimaga tortilganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘rganish xulosasiga ko‘ra, murojaatda qayd etilgan holatda Kadastr agentligi Bo‘ka tumani bo‘limi o‘z vakolatlari doirasida ish ko‘rganligini maʼlum qilamiz.

#rasmiy_munosabat #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Zangiota tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Zangiota tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQAT. JUDA MUHIM

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni doirasida hozirda kadastr xodimlari tomonidan olib borilayotgan xatlov jarayonlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqish, taʼmagirlik yoki korrupsion harakatlarni sezsangiz quyidagi raqamlar orqali darhol bizga xabar bering.

📞+998702020207
📞+998997500530

#OʼRQ_937 #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi, komissiya raisi

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

🔹Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi

Huquqiy asos:
VM-426, 29.08.2023 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM426
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, 8 ta toifadagi holatlarda egalik huquqlari eʼtirof etiladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️AMALDAGI YERGA OID HUQUQLAR

📌Prezident farmoniga ko‘ra, hozirgi kunda yerga oid huquqlarning

doimiy foydalanish,

ijara

mulk huquqi turlari amal qiladi.

Maʼlumot uchun, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bekor qilingan.

❗️Bekor qilingan huquqlar bilan avval berilgan yerlar saqlab qolinib, ijaraga berilgan yerdagi binolar sotilganda yerga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi.

#bilasizmi #farmon6243
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati

Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz
📲 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;
💻 Kadastr.uz sayti;
📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

Yuborilayotgan yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

🔹videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam bo‘lmasligi;
🔹videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;
🔹videoyozuv maʼlumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi.

❗️Videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi. O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.

#yernazorati #ishonchraqam
Facebook Instagram Telegram