TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.74K photos
942 videos
10 files
7.03K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Yer hisobiga mas‘ul xodimlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan hududiy tuman shahar filiallaridagi Yer hisobotini yuritish mutaxassislari uchun navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2024 yildagi “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 614-sonli qaroning mazmun-mohiyati qaror bilan amalga oshirilishi belgilangan ishlar tahlil etildi.

Shuningdek, "Yer hisoboti ATT" hamda yer balansining 2025-yil 1-yanvar holatiga tayyorgarlik, hududlarda yer hisobi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etilib mutaxassislarga bu yo‘nalishda ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 13-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi umumdavlat ahamiyatiga molik ko‘p maqsadli strategik hujjatdir

O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:

🔹aholini va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tizimi davlat tomonidan tartibga solinishini taʼminlash;

🔹hududlarning joriy holatini, salohiyatini aniqlash, o‘zaro bog‘liqlik maqsadlarini va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash;

🔹arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyatini amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida hududlararo va tarmoqlararo davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish;

🔹loyihalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini asos sifatida belgilash»;

Asos:
O‘RQ-960-son, 10.09.2024 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
⚡️Bizning manzillar: Qibray tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Qibray tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Qibray tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Saidov Said Raximdjanovich
Bosh muhandis - Abduganiyev Fayzulla Raxmanberdiyevich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Charos koʼchasi, 16 uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: (70) 202-02-08
#bizningmanzillar #Qibray
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
KORRUPSIYA – KELAJAKKA ZARBA

Kadastr agentligi Toshkent viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Shayzokov ishtirokida boshqarmaning Ohangaron tuman va Ohangaron shahar bo‘limi hamda filiallarida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, mazkur bo‘lim va filiallar xodimlari bilan "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida kadastr xodimlari o‘rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim

Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ortiqcha egallangan yer uchastkasi
— yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda undagi bino va inshootlarga bo‘lgan ijara hamda mulk huquqi xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 3-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Oqqo‘rg‘on tuman filiali tomonidan mingdan ortiq kadastr pasportlari shakllantirilib berilgan

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Davlat kadastrlari palatasining Oqqo‘rg‘on tuman filialiga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan DXMlar tomonidan jami 1155 ta elektron ariza kelib tushgan. Shundan

🔹1050 ta ariza ijobiy hal etilib, kadastr pasporti shakillantirilib berilgan;
🔹102 ta arizaga tegishli tartibda rad javobi berilgan;
🔹3 ta ariza to‘lov qilish jarayonida.


#statistika #Oqqoʼrgʼon
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#tayinlov
Razokov Jamshid Inamovich - Kadastr agentligi Bo‘ka tuman bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi

Jamshid Inamovich
- 1990-yil Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug‘ilgan. 2017-yil Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Jamshid Inamovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov
Samatov Abduraxim Abdukarimovich - Kadastr agentligi Bekobod shahar bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi

Abduraxim Abdukarimovich - 1996-yil Toshkent viloyati, Bekobod tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Bekobod tumani filiali yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Abduraxim Abdukarimovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langanda 20 foiz chegirma beriladi

Davlat rahbarining 06.09.2024 yildagi PF-135-son farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

Shuningdek, joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#tayinlov
Maxkamov Akmal Akbaraliyevich - Kadastr agentligi Piskent tuman bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi

Akmal Akbaraliyevich - 1989-yil Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Toshkent Davlat agrar universitetii tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligining Bo‘ka tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Akmal Akbaraliyevichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Kimlar davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish imtiyoziga ega ?

Qonunchilikka koʻra, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi bir nafar fuqarolar:

🔹 Davlat idoralari va tashkilotlari
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Sogʻliqni saqlash
🔹 Taʼlim
🔹 Madaniyat muassasalarida
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi hamda davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Asos: PQ-74, 27.02.2023 y.
#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, huquqni eʼtirof etish bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida huquq eʼtirof etilishi mumkin deb topilgan bo‘lsa, mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 6-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Bir martalik umumdavlat aksiyasi 
— o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 2-modda
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram