TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.71K photos
939 videos
10 files
7.01K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
❗️Imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

⚠️Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

✍️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Asos: Yer kodeksi, 91-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Qonun bo‘yicha bir martalik to‘lovni to‘lashdan kimlar ozod etiladi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.


Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda yerga oid huquqlarning qanday turlari amal qilmoqda ?
Anonymous Quiz
36%
umrbod foydalanish huquqi
14%
vaqtincha foydalanish huquqi
51%
ijara huquqi
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatda qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi.

▪️ Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi boshchiligida Yangiyo‘l shahar hamda tuman filiallarida qo‘shma yig‘ilish o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilishda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning oilasini ham yemirishi mumkinligi taʼkidlandi

▪️Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat, kadastrda onlayn audio muloqot

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga oid savollaringiz bormi ?

🎙U holda bugun, 17-sentabr kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.

#diqqat #Audio_muloqot
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Yangiyo‘l shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 18-sentabr kuni soat 15.00 da Yangiyo‘l shahri aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil: Yangiyo‘l shahri, Bog‘bon MFY, Mustaqillik ko‘chasidagi MFY binosi. (mo‘ljal 8-sonli o‘rta maktab)

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Yangiyoʼl
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
O‘z uyimda qurilish qilishim uchun ruxsatnoma talab etiladimi ?

Javob:

Mazkur holatda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.

Huquqiy asos: VM-200, 20.04.2022-yil.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM