UNESCO Uzbekistan
935 subscribers
1.47K photos
181 videos
4 files
426 links
🇺🇳YUNESКOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!


🌐 Website: https://uz.unesco.org/fieldoffice/tashkent
🔵 Facebook: https://www.facebook.com/UNESCO.Tashkent
🟣 Instagram: https://www.instagram.com/unesco_uzbekistan/
加入频道
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Францияга давлат ташрифи доирасида БМТнинг Таълим, фан ва маданият масалалари бўйича ташкилоти (ЮНЕСКО) бош директори Одри Азулени қабул қилди.

В рамках программы государственного визита во Францию Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО) Одри Азуле.

#Mirziyoyev #qabul #YUNESKO #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🙋‍♀️Bugun yana bir qahramonimiz bilan tanishamiz!

👩‍⚖️Navbahor Tursunova - Samarqand viloyati Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi va YUNESKO hamda Sudyalar Oliy maktabi tomonidan 10-11-mart kunlari Samarqandda tashkil etilgan "So‘z erkinligi, axborotdan foydalanish huquqi va jurnalistlar xavfsizligi" trening ishtirokchisi.

🎖Navbahor Tursunova kuni kecha Prezidentimiz farmoni bilan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi. Keling, ular bilan suratlar orqali yaqinroq tanishamiz.

Eslatib o'tamiz, ayni damda hududlararo tashkil etilayotgan seminarlar Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamda YUNESKO moliyaviy ko‘magi ostidagi axborot olish, institutsional mas'uliyat va media savodxonlikni kuchaytirishga qaratilgan media dasturi doirasida tashkil etilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat, xususan Jahon merosi obidalarini saqlab qolish, yillar davomida O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi munosabatlarning muhim jihati bo‘lib kelgan. YUNESKO Samarqanddagi Ipak yo‘li Xalqaro Tadqiqot Instituti bilan hamkorlikda o‘zining bir haftalik treningini quyidagi asosiy yo‘nalishlarga qaratdi:

🌐 Butunjahon merosi obyektlarini boshqarish va merosga ta’sirni baholash
🎨 Arxitektura kafel bezaklarini tiklash
🏛 Etnografik va arxeologik kolleksiyalar uchun muzey konservatsiyasi texnikalari

Xalqaro va mahalliy mutaxassislar, shu jumladan konservatorlar, maydon boshqaruvchilari, restavratorlar va muzey mutaxassislari, O‘zbekistonning boy merosini kelajakda saqlab qolish maqsadida o‘z mahorat va bilimlarini oshirish uchun tashrif buyurishdi.

🇪🇺Ushbu trening Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKO loyihasi doirasida tashkil etildi: “Markaziy Osiyodagi Ipak yo‘li meros yo‘laklari – Yevropa madaniy merosi yilining xalqaro o‘lchovi”.
Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi YUNESKO va YUNISEF bilan hamkorlikda “Ishonch” jamgʻarmasi loyihasining birinchi Boshqaruv qoʻmitasi yigʻilishini o'tkazdi.

"Vision 2030" fondi doirasida "O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish: yuqori sifatli va inklyuziv ta’lim natijalari uchun AKT va raqamli ta’limdan foydalanish" nomli dastur milliy ta'lim tizimining sifatini va inklyuzivligini yaxshilash uchun salohiyatini mustahkamlashni maqsad qilgan. Dastur, ayniqsa qizlar va imkoniyati cheklangan bolalar uchun sifatli ta'limga teng huquqli egalikni, shuningdek, ta'lim tizimining shaffof va samarali bo'lishini ta'minlashga ustuvor ahamiyat beradi.

Boshqaruv qo'mitasi dastur amalga oshirilishini boshqaradigan asosiy organ sifatida xizmat qiladi, milliy ta'lim ustuvorliklariga mosligini ta'minlaydi va muhim strategik qarorlar qabul qilishni osonlashtiradi. Bugun, boshqaruv qo'mitasi a'zolari loyihaning faoliyati uchun aniq yo'riqnomalarni belgilovchi Boshqaruv qo'mitasi Nizomini (TOR) qabul qilishdi.