UNESCO Uzbekistan
935 subscribers
1.47K photos
181 videos
4 files
426 links
🇺🇳YUNESКOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!


🌐 Website: https://uz.unesco.org/fieldoffice/tashkent
🔵 Facebook: https://www.facebook.com/UNESCO.Tashkent
🟣 Instagram: https://www.instagram.com/unesco_uzbekistan/
加入频道
👩‍🔬🔭🔬Bu kashfiyotlarsiz hayotimizni tasavvur qila olasizmi? Ushbu Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan olimalar mavjud chegaralarni kengaytirib, hayotni saqlab qoladigan davolanish usullarini ishlab chiqishdi va kelajakdagi innovatsiyalar uchun yo‘l ochib berishdi. Bugungi kunda olimlarning faqatgina 1/3 qismi ayollardir. Qachonki yanada ko‘proq qizlar ilm-fanda faol bo'lsa, dunyo barcha uchun ko‘proq innovatsiya, yangi kashfiyotlar va kuchliroq kelajakdan foyda ko‘radi.

Sizni ilm-fan sohasidagi qaysi olimalar eng ko‘p ilhomlantiradi?

——-
👩‍🔬🔭🔬Can you imagine a world without these discoveries? These Nobel Prize-winning scientists have pushed the boundaries of what’s possible, developing life-saving treatments and paving the way for future innovations. Today, only 1/3 of scientists are women. When more girls participate in science, the world benefits from more innovation, more discoveries, and a stronger future for all.

Who are the women in science that inspire you the most?
🔔 Samarkandda viloyatlararo treninglar boshlandi!

👩‍⚖️⚖️ Bugun biz Samarkandda so’z erkinligi, axborotdan foydalanish huquqi hamda jurnalistlarning xavfsizligi bo'yicha mahalliy treninglarimizni boshladik. YUNESKO tomonidan taklif qilingan mutaxassislar, sobiq prokuror Sabin Ouellet va huquqshunos, olim Joan Barata mahalliy huquqni muhofaza qilish xodimlari va sudyalar uchun so’z erkinligi bo'yicha qonuniy cheklovlar va axborot olishning ahamiyati kabi muhim mavzular bo'yicha qiziqarli seminarlar o’tkazishmoqda.

Ushbu mahalliy seminarlar Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamda YUNESKO moliyaviy ko‘magi ostidagi axborot olish, institutsional mas'uliyat va media savodxonlikni kuchaytirishga qaratilgan media dasturi doirasida tashkil etilgan.
🇺🇳YUNESKO Hayot davomidagi ta'lim instituti (Institute for Lifelong Learning) bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi professional ta'lim o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishda davom etmoqda. 11-13 mart kunlari O‘zbekiston Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hubi, Professional ta'limni rivojlantirish instituti hamda Professional tayyorlov markazlarining vakillari ishtirokida milliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida DELTA o‘quv modullarini O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish va sinov tajribalarini amalga oshirish bo‘yicha takomillashtirilgan yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

💻Seminarda ekspertlar tomonidan ma'ruzalar, modullarni rivojlantirishning eng muhim sohalariga e’tibor qaratish, hamkorlikdagi kengashlar va amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi va manfaatdor tomonlar tomonidan dastur O‘zbekiston maqsadlariga mos kelishini ta'minlash maqsadida tahliliy muhokamalar amalga oshirildi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Францияга давлат ташрифи доирасида БМТнинг Таълим, фан ва маданият масалалари бўйича ташкилоти (ЮНЕСКО) бош директори Одри Азулени қабул қилди.

В рамках программы государственного визита во Францию Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО) Одри Азуле.

#Mirziyoyev #qabul #YUNESKO #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X