UNESCO Uzbekistan
935 subscribers
1.47K photos
181 videos
4 files
426 links
🇺🇳YUNESКOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!


🌐 Website: https://uz.unesco.org/fieldoffice/tashkent
🔵 Facebook: https://www.facebook.com/UNESCO.Tashkent
🟣 Instagram: https://www.instagram.com/unesco_uzbekistan/
加入频道
Ayni damda YUNESKO tomonidan Ko‘p manfaatdor tomonlar ishtirokida “O‘zbekistonda media va axborot savodxonligi (MAS) strategiyasiga umumiy qarash sari” deb nomlangan seminar o’tkazilmoqda. Ushbu seminarda hukumat vakillari, davlat idoralari, universitetlar, media mutaxassislari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va akademik tadqiqot sohasidagi mutaxassislar 50ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Ushbu seminar xalqaro ekspert, media va axborot savodxonligi siyosati va tadqiqotlari bo‘yicha mutaxassis, fan nomzodi, dotsent Maarit Jaakkola tomonidan olib borilmoqda.

Seminar Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) moliyaviy ko‘magi ostidagi “Axborotdan foydalanish, institutsional javobgarlik va ommaviy axborot vositalari kompetensiyasini kuchaytirish orqali O‘zbekiston hukumativa fuqarolarining imkoniyatlarini kengaytirish” (AIM) dasturi doirasida tashkil etilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🏫🎓💡Ustozlar ta'limni o'zgartirish va hayotni shakllantirishda asosiy rol o'ynaydi.

🇺🇳YUNESKO va YUNISEF hamkorligidagi O'zbekistonda ta'limni rivojlantirish loyihasi doirasida, yuqori sifatli va inklyuziv ta'limni o'qituvchilarning raqamli kompetensiyalar modeli va raqamli o'qitish orqali mustahkamlashga yo'naltirilgan ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Vision 2030 ISHONCH fondi ostida biz milliy ta'lim dasturlarini yaratish, o'qituvchilar malakasi uchun ramka ishlab chiqish va o'qituvchilarni raqamli ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan trening modullarini ishlab chiqmoqdamiz.

🎙Yaqinda biz Surxondaryo viloyatidagi Professional tayyorlov markazlariga tashrif buyurib, fidoyi o'qituvchilar bilan faoliyatlari, kelajakdagi maqsadlar haqida so'radik.
🎦🎞6-mart kuni Toshkent shahrida Qoraqalpoq anʼanaviy musiqa asbobi – Qobiz va Jirau ijrochiligiga bagʻishlangan hujjatli film taqdimoti bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir “Anʼanaviy musiqa asbobi Qobizni yasash va Jirau ijrochiligi anʼanalarini asrash bo’yicha tezkor choralar” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

🪕Biz bilan Qoraqalpogʻistonning boqiy madaniy merosi, xususan, Qobiz va Jirau anʼanalarini saqlash qanchalik muhimligiga guvoh bo'ling!

📌Ro'yxatdan o'tish uchun: @alisherovna3
----
🎦🎞 6 марта в Ташкенте состоится премьера документального фильма, посвященного традиционному музыкальному инструменту Каракалпакстана – кобызу и исполнению жырау. Это мероприятие организуется в рамках проекта «Срочное сохранение традиционного музыкального инструмента кобыз и традиции исполнения жырау».

🪕 Присоединяйтесь к нам, чтобы узнать больше о вечном культурном наследии Каракалпакстана и важности сохранения традиций кобыза и жырау!

📌 Для регистрации: @alisherovna3
🇺🇳YUNESKO O'zbekiston milliy malaka tizimini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shishda davom etadi. Jumladan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Ta'lim loyihasi doirasida Estoniya Milliy Malakalar organining Akademik maslahatchisi Olav Aarna ishtirokida tegishli vazirliklar hamda mahalliy davlat idoralari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Navbatdagi uchrashuv 5-mart kuni Ta'lim dasturlari bo'yicha Loyiha ofisi rahbariyati bilan tashkil etildi. Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad - Milliy malaka tizimini yaratish hamda uni Yevropa malaka ramkalariga mutanosib yaratishda Estoniyaning tajribasi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, YUNESKO ekspertining ushbu yo'nalishda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi fikr-mulohazalarini o'rganishdan iborat bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuvlar 🇪🇺Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
6-mart kuni Kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida YUNESKO ekspertlari tomonidan o'tkazilgan o‘zaro baholash natijalari taqdim etildi.

📚🎯 Ushbu tadbir Professional ta’limni rivojlantirish institutida tashkil etilidi va mutasaddi tashkilot rahbarlari, ta’lim muassasalari vakillari hamda YUNESKO ekspertlari ishtirok etib, 2024-yilning sentyabr oyidan 2025-yilning mart oyigacha davom etgan o‘zaro baholash jarayonlari, asosiy natijalar va kelajakdagi tavsiyalar yuzasidan fikr almashishdi.

📈Muhokama chog‘ida o‘zaro baholash jarayonining ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni, mezbon va mehmon ta’lim muassasalarining tajribasi, shuningdek, vazirlik va hududiy boshqarmalarning ushbu jarayondagi roli kabi muhim masalalar sifatida ko‘rib chiqildi. Baholash natijalari va kelgusidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Eslatib o'tamiz, o'zaro baholash 🇪🇺Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 🇺🇳YUNESKO taqdim etadi: Qoraqalpoq merosi haqida hujjatli film!

🎬 Qobiz cholg‘u asbobi va Jirau og'zaki hikoyachilik merosi haqida hujjatli filmning tizerini tomosha qiling.

📌 Ushbu tashabbus Qoraqalpog‘istonning boqiy madaniy merosini asrab-avaylash va kelajak avlodlar uchun ushbu o‘ziga xos madaniy an'analarnilarni saqlab qolish maqsadida amalga oshirilmoqda.
______

🎥 🇺🇳UNESCO presents: A Documentary on Karakalpak Heritage!

🎬Watch the teaser of the Documentary Film about the musical instrument Kobyz and the storytelling legacy of Zhyrau tradions.

📌 This initiative aims to protect and promote the living heritage of Karakalpakstan, safeguarding these unique cultural tradions for future generations.