Yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishga bag‘ishlangan ko`rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun, To‘rtko‘l tumani «Tozabog‘yop» ovul fuqarolar yig‘inidagi "Mansur MM" fermer xo‘jaligida 2023-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlari maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish hamda ariq-zovurlarni tozalash va gidropost inshootlarini ta’mirlash ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman xokimi R.Shamuratov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i A. Yuldashev, qishloq ho‘jalik tashkilotlari, MTP raislari, fermer xo‘jaligi hamda sohaga tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok qilishdi.
Seminari davomida ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha mutaxasisslar tomonidan keng turda tushintirishlar berildi.
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
"Yil ayoli" milliy tanlovi bo‘lib o‘tdi
Bugun tumanda bo‘lib o‘tgan "Yil ayoli" milliy tanlovida davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, har jihatdan ibratli, iste’dodli ayollar uch shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Qiziqarli va murosasiz o‘tgan tadbir yakunida g‘olib va ishtirokchilar Oila va xotin-qizlar bo‘limining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumanidagi 18-sonli umumta'lim maktabida Ona tilimizni ulug'lovchi kecha bo'lib o'tdi.
Россияда ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига!

Москва вилоятида жойлашган "Селена-М" МЧЖдаги бўш иш ўринлари учун бўлиб ўтадиган онлайн танловга таклиф этилади.

Бўш иш ўринлари:

- Склад ишчиси (аёллар ва эркаклар учун)

📌Талаблар:

– 20-45 ёш;
– жисмонан соғлом;
– РФга киришга тақиқи бўлмаган эркаклар;

Иш берувчи қуйидаги ҳаражатларни қоплаб беради:
– авиа чипта (иш ҳақидан ушлаб қолиш шарти билан);
– патент расмийлаштириш (иш ҳақидан ушлаб қолиш шарти билан);
– турар-жой;

💵Ойлик маош: 40-60 минг рубль.

Танловлар ўтказиладиган ҳудуд ва вақтлари:

🗓 2022 йил 27 октябрь: Соат 11:00 да

📍 Қорақалпоғистон Республикаси,
Манзил: Нукус ш., Утепова кўч., р/у. "Ишга марҳамат" мономаркази
Мўлжал: "Истиқлол боғи" - Квадрат парк.
☎️ (55) 102-53-32, (55) 102-53-34.

Қўшимча: ишлаш истагини билдирган фуқаролар, туман аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларидан суҳбатга онлайн тарзда қатнашиши мумкин.
#Online

Prezident qarori targ‘iboti bo‘yicha yig‘ilish

Ayni daqiqalarda To‘rtko‘l tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 oktyabrdagi PQ-390 –sonli qarori mazmun-mohiyatini tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining belgilangan vazifalari ijrosi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda tuman hokimi R.Shamuratov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari G.Raximova, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari J.Zakirov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi direktori I.Hamidova, Halqaro toifadagi trener-koucher J.Matchanov, tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumaboeva, To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridan tadbirkor ayollar, faollar ishtirok qilmoqdalar. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
E ‘ L O N !

Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!

To’rtko’l tumani G’alaba, Mustaqillik, Navoiy, Bog’yop, Toshkent, Yangiobod, Beruniy, To’rtko’l MFYlari hududlari va To’rtko’l Markaziy shifoxonasini ta’minlovchi tabiiy gaz quvurida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida gaz ta’minoti xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 2022-yil 26-oktyabr kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatilishini ma’lum qilamiz.

«To’rtko’ltumangaz» gaz ta’minoti» bo’limi
ТЎРТКЎЛ ТУМАН ФВБ ОГОҲЛАНТИРАДИ!

Ҳурматли фуқаролар, ташкилот, корхона ва муассасаларнинг раҳбарлари!

Об-ҳаво ҳароратининг пасайиб бориши натижасида газ ва бошқа турдаги муқобил ёқилғи иситиш мосламаларидан фойдаланишга бўлган эҳтиёж ортиб боради. Бундай пайтларда иситиш мосламаларидан нотўғри фойдаланиш оқибатида кўнгилсиз ҳодисалар содир бўлиши ҳамда инсонларнинг ис газидан заҳарланиши мумкин.
Бундай кўнгилсиз ҳодисаларнинг олдини олиш мақсадида газ ускуналаридан ва иситиш мосламаларидан фойдаланишда қуйидаги ёнғин ва хавфсизлик талабларига риоя қилишингизни сўраймиз.
- Қўлбола ва носоз газ иситиш мосламаларидан фойдаланманг;
- Тунги вақт аҳоли турар жойларида ўрнатилган иситиш тизимини назоратсиз қолдирманг;
- Ошхонада ўрнатилган табиий газда ишловчи газ плиталаридан хоналарни иситиш мақсадида фойдаланманг;
- Иситиш печлари ва уларнинг мўриларини созлигига, уларнинг турли буюм ва тўсиқлар билан беркитилмаслигига ҳамда махсус ташкилотлар томонидан ўз вақтида тозаланишига алоҳида эътибор беринг;
- Иситиш мосламалари яқинида ёнувчан буюмларни сақламанг;
- Иситиш мосламаларидан фойдаланганда уларни ишлаб чиқарган корхонанинг тавсия ва йўриқномаси талабларига риоя қилинг;
- Газ ускуналарини улаш тартиб қоидаларига риоя қилинг ва уларга резина шланглар орқали уланишига йўл қўйманг;
- Агарда хонада газ ҳидини сезсангиз чироқ ва учқун чиқарувчи мосламалардан асло фойдаланманг, дарҳол хонани шамоллатинг ҳамда газ хизматига зудлик билан хабар беринг.
Ушбу қоидаларга риоя этиш билан Сиз ўзингиз ва яқинларингизни ҳамда уй –жойингизни кўнгилсиз ҳодисалардан сақлаган бўласиз.
Ёнғин ва фавқулодда вазиятларда 101 ёки 1050 қисқа рақамларига хабар беринг.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Shunqorlar” harbiy –sport o‘yinlarining tuman bosqichi o‘tkazildi

26–oktyabr kuni Vatanparvar tashkiloti Markaziy kengash Hay’atining 2022 yil 6-oktyabrdagi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi hay’atining 11-oktyabr kungi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida BO‘SM bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida Vatanparvar” tashkiloti To‘rtko‘l tuman O‘STK, XTB, tuman mudofaa ishlari bo‘limi, tuman yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlari tuman bosqichi o‘tkazildi.
Unda “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan yoshlardan 8 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar nizomda ko‘rsatilgan barcha shartlar bo‘yicha bellashdilar. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
E ‘ L O N !
Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!

To‘rtko‘l tumani hududidagi To’rtko’l AGRSda «Urgench Transgaz» AJning
2022-yil 26-oktyabr kungi 2257-sonli telefonogrammasiga asosan «Urgench Transgaz» AJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli To‘rtko‘l shahri va Ullubog’, Sho’raxon, Paxtachi, Otayurt, Ko’na To’rtko’l OFY larini ta’minlovchi To‘rtko‘l GRSni 2022-yil 27-oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

«To‘rtko‘ltumangaz» gaz ta’minoti» bo‘limi