#besh_tashabbus_olimpiadasi
#2_mavsum
#shaxmat_shashka
#mahalla_bosqichi

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning shaxmat-shashka turlari bo'yicha mahalla bosqichlari o'tkazilmoqda
Bugun To`rtko`l tumanining barcha mahallalarida sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha 7-10, 11-15, 16-21, 22-26 yosh hamda 27-30 yosh doirasida musobaqalar o'tkazilmoqda.
Musobaqani o`tkazishdan asosiy maqsad mahalla yoshlarini jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish orqali yangi imkoniyatlarni ochib berishdan iborat.Jumladan
, "Navoiy" MFYda ham “Besh tashabbus Olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha mahalla bosqichida g'olib bo'lgan yoshlar mahalla yetakchisi tomonidan munosib taqdirlanishdi va sektor bosqichiga yo'lllanmani qo‘lga kiritdi.
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#2_mavsum
#voleybol
#mahalla_bosqichi

Xabaringiz bor, yoshlar o‘rtasida ommaviy sport, kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari bo‘yicha 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumini tashkil etish yuzasidan joriy yilning 16 iyuldagi 01-10/225-sonli Yoshlar ishlari agentligi direktorining buyrug‘iga binoan “Besh tashabbusolimpiadasi doirasida joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida voleybol musobaqasini o‘tkazish belgilangan.
Belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan sport musobaqasining “Turkiston” MFY bosqichi joriy yilning 14-sentyabr kuni soat 11-00 da 3-sonli maktabda Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Sport bo‘limi va hamkor tashkilot vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Ushbu bosqichda 12 nafar jamoalar doirasida jami 108 nafar yoshlar ishtirok etishdi.