#E’tibor Bugun Davlat xavfsizligi chegara qo'shinlari xodimlari tuman hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi birgalikda tumandagi “Yoshlik” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan,o‘zgalar parvarishiga muhtoj Guliston Sultanova holidan xabar oldilar. Onaxonga oziq-ovqat mahsulotlari olib bordilar.Shuningdek, Тo‘rtko‘l MFYda yashovchi 1 son umumta'lim maktabining uy ta'limidagi 2 sinf o‘quvchisi Xojiakbar Хusinovga kitoblar taqdim qilindi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Tuman xalq ta'limi bo'limining navbatdan tashqari Kengashi majlisi bo'lib o'tdi

Yig'ilish 2020 -2021 yillarda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlarning samaradorligiga bag'ishlandi.
Kengash yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifati nazorati davlat inspektsiyasi tomonidan 2021 yil 3 noyabr kuni e’lon qilingan umumiy o'rta ta'lim muassasalari reytingida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, 2020-2021 yillardagi pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari hamda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan chet tillarini bilish Evropa tashkiloti talablari(BI-CEFR, CI-CEFR)darajasiga muvofiq chet tilini o'zlashtirgan umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari hamda o'qituvchilari ulushi to'g'risida ma'lumot berildi.
Kengash majlisida tuman hokimi o'rinbosari X.Matnazarov ishtirok qildi va ta'lim sohasida ahamiyat qaratish lozim bo'lgan masalalar bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Ayollar daftari – imkoniyatlar daftari

”Tumanda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlash, munosib sharoit yaratish, bandligini ta'minlash bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

"Ayollar daftari"ga 1 toifasi bandligini ta'minlash bo'yicha kirgan 80 nafar xotin-qizlarning bandligini ta'minlash maqsadida 46 ta tikuv mashinasi 32 ta elektropechka 2 ta salon jihozlari berildi. Ayollarìmiz Davlatimiz tamonidan berilayotgan e'tibordan juda ham mamnun bo'ldilar. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#onlayn
Ayni daqiqalarda To'rtko'l tumani "Sho'raxon" OFY hududidagi "Ray na zemle" fermer xo'jaligida qishloq xo'jaligi masalalari, sho'r yuvish, ariq va zovurlarni tozalash hamda ko'chat ekish ishlari bo'yicha ko'rgazmali seminar o'tkazilmoqda. Seminarda tuman hokimi R. Shamuratov, Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirlar Kengashi raisi o'rinbosari D. Kaipovlar fermer xo'jaliklari raislariga qishloq xo'jaligida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berdilar. Ko'rgazmali seminarda fermer xo'jaliklari raislari, MMTP raislari, tuman qishloq xo'jaligi sohasidagi tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok qilmoqdalar.

🟢T
o‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT