#jarayon
#3_sektor
To‘rtko‘l tumani IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari o‘ziga biriktirilgan “Yangiobod” mahallasida aholiga qulayliklar yaratish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish hamda amaliy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha hududda bo‘ldi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
#Mustaqillik_33_yil

Bayramga munosib tuhfa


Bugun Respublikamizda yurtimizning obod maskanga aylanishi uchun davlarimiz rahbari tashabbusi bilan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi aholining yashash sharoitini,hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida har bir mahallaga 500 mln. so‘mdan pul ajratildi.
To‘rtko‘l tumanidagi “Turkmanko‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ham shular jumlasidan.
Bugun Mustaqillik bayrami arafasida 5 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan mahallaning ma’muriy binosi ochilishi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi R.Shamuratov, sektor rahbari tuman prokurori N.Djolamanov hamda mahalla faollari, nuroniylari ishtirok qildilar.
Bayram arafasidagi yaxshi tilaklardan keyin lentalar kesilib, ramziy ochilish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok qilgan mas’ullar, mahalaning yoshu qarisi qisqa muddatda qad rostlagan ushbu binoning ochilishi munosabati bilan o‘z xursandchiligini minnatdorchilik ila izhor qilib bildirdilar. Nuroniylar yaxshi niyatlarini tilagan holda duoga qo‘l ochdilar. Tadbir sho‘x musiqa sadolari ostida raqsga ulanib ketdi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
#Bugun


To‘rtko‘l tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini rejali amalga oshirish, mavsumni betalofat o‘tkazish va energiya resurslarini iqtisod qilish masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni tuman hokimi R.Shamuratov olib bordi. Unda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok qildilar.