#Qabul
Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va uni qonuniy tartibda yechilishi maqsadida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan qabulda tuman hokimi o‘rinbosari A.Avezimbetov hamda tegishli tashkilot mas’ullari qatnashdi.
Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘lib, ularga qonuniy tartibda tushuntirish berildi. Ko‘pgina murojaatlar joyida yechilib, muddat talab qilinadigan murojaatlar tegishli mas’ullarga topshirildi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
«Birgalikda 60 yil» loyihasi doirasida

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-mart kungi "Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" PQ-167 sonli qarori 3-ilovasi chora-tadbirlar rejasining 13-bandiga asosan "Birgalikda 60 yil" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda turmush qurganiga 60 yil va undan ortiq yashab kelayotgan, ibratli, namunali oilalardan "Beruniy" mahallasidan Nurimovlar oilasi, "Tozabog‘yop" ovulidan Berdimuratovlar oilasi, "Yakkatol" mahallasidan Sultanovlar oilasi, "Nurota" mahallasidan Amandurdiev, Araztaganovlar oilasi, "Toshkent" mahallasidan Xalikovlar oilalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Nuroniy" jamg‘armasi raisi T.Abdijabbarov, "Nuroniy" jamg‘armasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi raisi Yu.Xodjaniyazov va mahalla raislari xabar olishdi va oilalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Nuroniy" jamg‘armasi tomonidan 1 million so‘m pul mukofoti topshirildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari To‘rtko‘l tumanidvgi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan To‘rtko‘l tumanida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Savdo -sanoat Palatasiga a’zo tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida media-tur tashkil qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tumandagi ilg‘or korxonalar - “AGRO TO’RTKO’L TEKSTIL CLUSTER” MChJ, ''TO’RTKO’L TOZA HUDUD KLASTER'' MChJ, ''TO’RTKO’LLI BARCHINOY'' MChJ va ''ALKEN-MEBEL'' MChJ faoliyati bilan tanishdilar.
Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Afg‘onistonga eksport qilinmoqda

Tadbirda media-tur ishtirokchilari dastlab, To‘rtko‘l tumanidagi “AGRO TO’RTKO’L TEKSTIL CLUSTER” MChJ faoliyati va u yerda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.2019-yilda 7 million AQSh dollari investitsiya kiritish orqali o‘z faoliyatini boshlagan bu korxona har yili 48 ming tonnadan ziyod paxta mahsulotlarini qabul qiladi. Klasterda 5 bosqichda paxtani qayta ishlash, chigitdan rafinantlangan moy mahsulotini tayyorlash va chorva mollari uchun kunjara va sheluxa ozuqasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha eng yirik klaster deb hisoblangan “AGRO TO’RTKO’L TEKSTIL CLUSTER” MChJ bugungi kunda suv va energiya tejovchi zamonaviy 219 dona qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlar bilan ta’minlangan. Jami 800 nafardan ortiq fuqarolar doimiy ish bilan band. Shu bilan birgalikda kelgusida 150 dan ortiq ishsizlar mavsumiy ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.