"Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
"Jasıl shıraq" tańlawınıń rayon basqıshı ótkerildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-aprel kunidagi "Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 212-son Qaroriga asosan, 2024-yil 27-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani MMTB ga qarashli 44-maktabda "Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada 68-,40-,44-,15-,58-,42-maktab jamoalari faol ishtirok etishdi. Unda g‘oliblar 7-ta shart bo‘yicha aniqlanib, 3- o‘rinni 15-maktab, 2-o‘rinni 40-maktab egalladi. Faxrli 1- o‘rinni egallagan 68-maktab o‘quvchilari musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respubliki bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#mini_futbol
#DXX_kubogi

QIZ BOLALAR O'RTASIDA MINI FUTBOL BO'YICHA TUMAN BOSQICHI G'OLIBLARI ANIQLANDI

Тumanda mahallalardagi yoshlar o‘rtasida «DXX kubogi» sport musobaqalari davom etmoqda.
«Turkiston» mahallasi hududida yangidan ishga tushirilgan sun’iy qoplamali sport maydonida qiz bolalar o'rtasida mini futbol bo‘yicha спорт мусобақасининг tuman bosqichining final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Final o‘yinlarida «Yashnоbod», «Paxtaobod», «Navoiy», «Nurli yo'l»
mahalla va ovul fuqarolaridan saralangan qiz bolalar futbol jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in kurashlarga boy va murosasiz o‘yin yakunida «Yashnabod»mahallasi futbolchi qizlari 3-o‘rinni hamda «Paxtaobod» mahallasi qizlari ikkinchi o‘rinni egallashga musharraf bo‘ldilar.
Musobaqada «Navoiy» mahalla fuqarolari yig‘inidan ishtirok qilayotgan sportchi qizlar jamoasi mutloq g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Ko‘rgazmali seminar:
Biogumusdan qanchalik foyda ko‘rsa bo‘ladi?