Forwarded from O‘zkomnazorat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Мобил алоқа сифати ёмонми, Wi Fi ишламаяптими? Электрон давлат хизматлари сифатсиз кўрсатиляптими?

📞 "Ўзкомназорат" инспекциясининг қисқа рақамли 1144 ишонч телефонига мурожаат қилинг!

Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro
INSON MANFAATLARI UCHUN
INSAN MÁPLERI USHÍN
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2022 yilgi 500-sonli qaroriga muvofiq joriy yilda ham To‘rtko‘l tumanidagi ko‘pgina mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘chalardagi tuproq yo‘llarni qum-shag‘al yo‘llarga o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ayni damlarda To‘rtko‘l tumani “Yashnobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘chalarda ish qizg‘in sur’atlarda davom etmoqda. Mahallada jami 15,4 km uzunlikda ishlar bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda 8 kilometrdan ziyod tuproq yo‘llar tekislanib, qum-shag‘al aralashmasi yotqizilmoqda
. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
JINOYАT MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI
JÍNAYAT DODALAWÍ BOLÍP ÓTTI Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligi katta majlislar zalida “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan o‘ta og‘ir jinoyat muhokama qilindi.
Unda tuman hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.To‘rabekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari B.Navro‘zbaev, sektor rahbarlari hamda ovul fuqarolari yig‘inlari yettiligi ishtirok qilib, sodir qilingan qasddan odam o‘ldirish kabi o‘ta og‘ir jinoyat yuzasidan muhokama bo‘ldi.
Muhokama davomida ishtirok qilgan mahalla va ovul fuqarolar yig‘ini yettiligiga har-xil turdagi noxush holatlarning, jinoyatlarning oldini olish maqsadida aholi bilan profilaktik tadbirlarni tizimli o‘tkazish topshirildi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
HURMATLI YURTDOSHLAR!
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
HURMATLI YURTDOSHLAR!
To‘rtko‘l tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda majburiy ijro byurosi tashabbusiga ko‘ra «2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» munosabati bilan band bo‘lmagan aholi hamda kam ta’minlangan oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari, aliment to‘lovchi ishsizlar va yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si tashkil etiladi.
To‘rtko‘l tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, mas`ul tashkilot va ish beruvchilar, tadbirkorlik sub`ektlari hamda “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi hamkorligida tashkil etiladigan mazkur yarmarka 2024-yil 29-aprel kuni soat 10-00 da tuman Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi.
Bugungi kunda tumandagi 106 ta korxona va tashkilotlarda 377 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Yarmarkada siz ushbu ish o‘rinlariga ishga kirishga yo‘llanma olishingiz yoki boshqa bandlik xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Shu bilan birga xususiy sektorda mavjud ish o‘rinlari va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan ijod namunalari bilan tanishishingiz hamda o‘z tadbirkorligingizni boshlash uchun kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Yarmarkaga marhamat!
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YANGILIK 🔔

TO'RTKO'L TUMAN ADLIYA BO'LIMI YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARKAZI BOSH YURISKONSULTI NASIBA RAJABOVA BRIFINGI.