To‘rtko‘l tumani hokimligida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
Photo
Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosari A.Avezimbetov, Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali xodimlari va komissiyaning boshqa a’zolari ishtirok etdi.
Kun tartibiga asosan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi holati, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadatr agentligining topshirig‘iga asosan o‘tkazilgan xatlov jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash va ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Komissiyasi a’zolari tomonidan tumandagi qonun talabiga zid bo‘lgan, nomlari takrorlangan, nomsiz ko‘chalarga nom berish bo‘yicha muammolar muhokama qilindi.
Shu bilan birga mazkur yo‘nalishdagi tuman komissiyasining ish faoliyatini jonlantirish, bu boradagi ishlarni tartibga keltirish hamda komissiya a’zolarining mas’uliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda To‘rtko‘l tumanida 15 ta ovul va 34 ta mahalla, 5 ta shaharcha, 86 ta aholi punkti, 2254 ta ko‘cha, 33 ta qabriston va 1 ta istirohat bog‘i mavjud.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Ташқи миграцияда юрган фуқароларни қўллаб-қувватлаш бўйича Тўрткўл тумани ишчи гуруҳ йиғилиши бўлиб ўтди

Ушбу йиғилишда ташқи миграция тизимидаги ишларни зарур даражада ташкил қилиш бўйича туман ҳокимлигининг мажлислар залида туман ҳокими ўринбосари У. Аллабергенов, Ўзбекистон касаба уюшмаси Федерациясидан Тўрткўл туманига бириктирилган Республика ишчи гуруҳи вакиллари- Кимё ва фармацевтика саноати ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши раиси ўринбосари Ф.Соҳибов, Федерациянинг Қорақалпоғистон Кенгаши етакчи мутахассиси С.Оразимбетов, Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Нукус шаҳар бўлинмаси мутахассиси И.Раметовлар иштирокида тумандаги маҳалла ва овул фуқаролар йиғинлари раисларига тегишли анкеталарда белгиланган кўрсатмаларни тўғри тўлдириш бўйича тушунча берилди.
Йиғилиш давомида иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоблар олдилар.
Sırtqı migraciada júrgen puqaralardı qollap-quwatlaw boyınsha Tórtkúl rayonı ishshi topar jıynalısı bolıp ótti
2024-yil yanvar-mart oylarida To‘rtko‘l tumani qishloq xo‘jaligi sohasi ( SUT va SUT mahsulotlari ) to‘g‘risida MA’LUMOT

2024 yilning yanvar-mart oylarida To‘rtko‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha toifadagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 4503.5 tonna sut va sut maxsulotlari ishlab chiqarildi va 2023 yilning mos davriga nisbatan о‘sish sur’ati 107,9 % foiznni tashkil etdi. Shu jumladan;
1. Fermer xo‘jliklari tomonidan - 566.9 tonna,
2. Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari tomonidan - 3811.1 tonna,
3. Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan - 125.5 tonna, sut va sut maxsulotlari ishlab chiqarilganligini kuzatishimiz mumkin.

2024 yil yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga yetishtirilgan sut va sut maxsulotlari – 19.7 - kg dan to‘g‘ri keldi.
2024-yil yanvar-mart oylarida To‘rtko‘l tumani qishloq xo‘jaligi sohasi ( TUXUM mahsuloti ) to‘g‘risida MA’LUMOT

2024 yilning yanvar-mart oylarida To‘rtko‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha toifadagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 8415.8 ming dona tuxum maxsuloti ishlab chiqarildi va 2023 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,9 % foiznni tashkil etdi. Shu jumladan;
1.Fermer xo‘jliklari tomonidan - 198.0 ming dona,
2.Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari tomonidan - 7248.4 ming dona,
3.Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan - 969.4 ming dona, tuxum maxsuloti ishlab chiqarilganligini kuzatishimiz mumkin.
2024 yil yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga yetishtirilgan tuxum maxsuloti – 37.0 - dona dan to‘g‘ri keldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman statistika bo‘limi
#Ochiq_muloqot_shaklida_qabul Xalq roziligi uchun

Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining To‘rtko‘l tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri U.Saburov tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarninig murojaatlari qabul qilindi.
Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan qabul davomida aksariyat fuqarolarning murojaatlari ijobiy yechim topgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot rahbatlariga topshiriqlar berildi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
KUN HIKMATI

Men to‘g‘ri yo‘lda yo‘qolgan inson ko‘rmadim!


Sa’diy Sheroziy
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Forwarded from O‘zkomnazorat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Мобил алоқа сифати ёмонми, Wi Fi ишламаяптими? Электрон давлат хизматлари сифатсиз кўрсатиляптими?

📞 "Ўзкомназорат" инспекциясининг қисқа рақамли 1144 ишонч телефонига мурожаат қилинг!

Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM