Tumandagi tibbiy yordamga muhtoj ayol-qizlarni, nogironlar va chin etimlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan «Sog'lom avlod» xayriya jamg'armasi hisobidan «Tozabog'yop» ovul fuqarolar yig'inidagi «Qazaq arna», «Qizil savle» aholi punktlari, «Qumbosqan» ovul fuqarolar yig'inlarida zarur dori-darmonlar etkazib berildi. Shuningdek, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha suhbatlar o'tkazilib, fuqarolarga mavzuga oid bukletlar tarqatildi. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To'rtko'l tumani madaniyat saroyi faollar zalida "Ayol borki-jamiyat munavvar" mavzusida faol diniy hayot tarzini kechirayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Butunjahon tozalik kuni To'rtko'l tumanida ham munosib ravishda o'tkazildi.
Kuni kecha «O'zbekiston» OFY hududidagi "Rajapboy-M" fermer xo'jaligida tuman prokuraturasi tomonidan paxta yig'im-terimi hasharchilariga tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ilg'or terimchilar fermer xo'jaligi dala shiyponida tuman prokurori hamda mutasaddi tashkilotlar raxbarlari tomonidan eng ko'p paxta terib, namuna bo'layotgan terimchi –hasharchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Chiroyli dasturxonga shirin taomlar tortilishi bilan birga sho'x kuy va yallalar yangradi. Terimchilarga madaniy dam olib xordiq chiqarishlari uchun tuman madaniyat markazi "Feruz" ashula va raqs xalq ansambli xonandalari Xasan, Xusan Babadjanovlar hamda Dadabek Xudaybergenovlar badiiy kontsert dasturlarini namoyish etdilar. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
Ҳурматли оммавий ахборот воситалари вакиллари ва телеграм канал ўқувчилари!

Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови бўйича сайловолди кампанияси фаол паллага кираётгани муносабати билан Президент матбуот котиби томонидан ўтказиб келинаётган ҳафталик брифинглар вақтинча тўхтатиб турилади.

Давлатимиз раҳбари иштирокидаги жорий ҳафтага режалаштирилган тадбирлар тўғрисида маълумот ушбу каналда ва ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифаларимда бериб борилади.

Хусусан, бугун Президент ҳузурида қатор объектлар қурилишига бағишланган тақдимот бўлиб ўтади. Янги онкология маркази, Миллий кутубхона ва "Янги Ўзбекистон" университети бинолари лойиҳалари шулар жумласидан.

Эртага Ўзбекистон Республикаси Президенти видеоалоқа орқали БМТ Бош Ассамблеясининг 76-сессияси тантанали очилишида иштирок этади ва сессиянинг биринчи кунидаёқ юқори даражадаги умумсиёсий мунозараларда нутқ сўзлайди.

Facebook|Instagram|Twitter
Kuni kecha tuman markazidan olisda joylashgan «Paxtaobod» ovul fuqarolar yig'inida aholining madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil qilish va kayfiyatini ko'tarish maqsadida ovul aholisi uchun kontsert dasturi tashkil qilindi.
Kontsert dasturida bugungi kunda yoshlarning sevimli xonandasi Furqat Macho va xorazmlik yosh estrada xonanda Nozimaxon Matnazarovalar o'z muxlislariga sho'x kuy va qo'shiqlarini taqdim etdilar.
Obod go'shaga aylangan qishloq markazida ovuldagi yoshu-qari kontsert dasturidan bahramand bo'lib, madaniy hordiq chiqardilar. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT