#onlayn
Ayni daqiqalarda To'rtko'l tumani xalq ta'limi bo'limi faollar zalida O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining 2021-yil 21-avgust kungi 42-XDFU-sonli xatiga asosan Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1064-sonli qarorida tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha asosiy tadbirlar dasturi” bajarilishini ta'minlash, shuningdek, fuqarolar yig'inlari xodimlarining saylov qonunchiligi bo'yicha huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o'quv-seminari o'tkazilmoqda.
Ushbu o'quv –seminarda O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari T.Tog'ayqulov lektorlik qilmoqda.
🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
Tumandagi tibbiy yordamga muhtoj ayol-qizlarni, nogironlar va chin etimlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan «Sog'lom avlod» xayriya jamg'armasi hisobidan «Tozabog'yop» ovul fuqarolar yig'inidagi «Qazaq arna», «Qizil savle» aholi punktlari, «Qumbosqan» ovul fuqarolar yig'inlarida zarur dori-darmonlar etkazib berildi. Shuningdek, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha suhbatlar o'tkazilib, fuqarolarga mavzuga oid bukletlar tarqatildi. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To'rtko'l tumani madaniyat saroyi faollar zalida "Ayol borki-jamiyat munavvar" mavzusida faol diniy hayot tarzini kechirayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Butunjahon tozalik kuni To'rtko'l tumanida ham munosib ravishda o'tkazildi.
Kuni kecha «O'zbekiston» OFY hududidagi "Rajapboy-M" fermer xo'jaligida tuman prokuraturasi tomonidan paxta yig'im-terimi hasharchilariga tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ilg'or terimchilar fermer xo'jaligi dala shiyponida tuman prokurori hamda mutasaddi tashkilotlar raxbarlari tomonidan eng ko'p paxta terib, namuna bo'layotgan terimchi –hasharchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Chiroyli dasturxonga shirin taomlar tortilishi bilan birga sho'x kuy va yallalar yangradi. Terimchilarga madaniy dam olib xordiq chiqarishlari uchun tuman madaniyat markazi "Feruz" ashula va raqs xalq ansambli xonandalari Xasan, Xusan Babadjanovlar hamda Dadabek Xudaybergenovlar badiiy kontsert dasturlarini namoyish etdilar. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati