TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.68K subscribers
17.2K photos
1.64K videos
358 files
5.55K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
加入频道
Тошкент тиббиёт академияси Урганч филиалида анъанавий дарслар қачондан бошланиши маълум қилинди.

Тошкент тиббиёт академияси Урганч филиали талабаларига ўқув графиги бўйича қуйидаги тартибда анъанавий таълим шакли бошланади:

Барча 1-2 босқич талабалари Кузги семестр охиридаги икки ҳафталик малакавий амалиёт машғулотларини доимий яшаш жойларида ўтаб бўлгач, анъанавий ўқишга 21-феврал санасидан қайтишади.

Барча 3-4-5-6 босқич талабалари учун 7-феврал санасидан эътиборан, белгиланган дарс жадвали асосида анъанавий дарс машғулотлари бошланади.

*Эслатма: талабаларнинг филиалга хавфсиз, тирбандликларсиз етиб келишлари, жойлардаги транспорт воситалари, жумладан, авиа ва темир йўл қатновлари графигини ҳисобга олган ҳолда Фарғона водийсидан (Андижон, Наманган ва Фарғона вилоятлари) келувчи талабаларга 7,8,9-феврал кунлари оралиғида етиб келишларига ва дарс машғулотларини 10-февралдан анъанавий тарзда давом эттиришларига рухсат берилади.

Тошкент шаҳри, Тошкент вилояти, Сирдарё, Жиззах, Самарқанд, Сурхондарё, Қашқадарё, Навоий ва Бухоро вилоятларидан келувчи талабалар 7-феврал куни эрталабги поездда соат 10-11 лар оралиғида етиб келишларини инобатга олиб, дарс машғулотларини 8-февралдан анъанавий тарзда давом эттиришларига рухсат берилади.

Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм вилояти туманларидан келувчи талабалар ҳамда хорижлик талабалар дарс машғулотларини (ўқиш жойида ва талабалар турар жойида истиқомат қилаётганликларидан келиб чиққан ҳолда) 7-феврал санасидан анъанвий тарзда давом эттиришади.

@XORAZMLIKLAR kanali👇🏻
http://telegram.me/joinchat/AAAAAFX4R5ZzkvGRQ2m7yw
4.02.2022

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda fevral oyi “Yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Giyohvandlik – inson umrining zavoli” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi xodimlari podpolkovnik A.Matlyubov, F.Azgarov, U.Ismailov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari podpolkovnik D.Bog‘bekova, mayor Sh.Ismailov, OITS markazi xodimi A.Qo‘chqarov, Narkologiya dispanseri shifokori D.Eshchanovlar hamda filial Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi F.E. Atajanova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, professor-o‘qituvchilar, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda 200 nafar talabalar Zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S.Yusupov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini mehmonlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, podpolkovnik F.Azgarov, podpolkovnik D.Shonazarova, OITS markazi xodimi A.Qo‘chqarov, Narkologiya dispanseri shifokori D.Eshchanovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalar davomida giyohvandlik va uning kelib chiqishi, aholining barcha qatlamlari orasida ayniqsa, yoshlar o‘rasida mazkur qora illatni tarqalishini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Asosan bugun global muammolardan biriga aylangan giyohvandlikning oldini olish borasida respublikada keng qamrovli ishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan “Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi” va “Orttirilgan immunitet virusi” infeksiyasining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida savol-javoblarga boy bo‘ldi. Tadbir yakunida mavzuga oid hayotiy-tarbiyaviy film namoyish etildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Санъат Рахмонов
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«МИРЗО УЛУҒБEК ВОРИСЛАРИ» танловида қатнашинг ва ўз истеъдодингизни рўёбга чиқаринг!

Истеъдодли ёшларни қўллаб-қувватлаш «Улуғбек» жамғармаси, Инновацион ривожланиш вазирлиги, Ёшлар ишлари агентлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимликлари ҳамкорлигида 16-25 ёшгача бўлган ёшлар ўртасида иқтидорли ёшларни кашф қилиш учун «МИРЗО УЛУҒБEК ВОРИСЛАРИ» республика танлови эълон қилинади.

👉Танловда иштирок этиш истагида бўлган ёшлар қуйидаги талабларга жавоб бериши лозим:

Ўзбекистон Республикасининг фуқароси бўлиши;
аниқ бир ғоя ёки лойиҳага эга бўлиши;
IQ тест натижаси 110 баллдан паст бўлмаслиги;
турли танловларда ғолиб бўлганлиги тўғрисидаги диплом, сертификат ёки тавсияномага эга бўлиши.

Танловда иштирок этишни истаганлар мазкур сайт ёки телеграм-бот (@vorislar_tanlovi_bot) орқали рўйхатдан ўтишлари мумкин.

БАТАФСИЛ

@mininnovation
#talabalarimiz_yutuqlaridan

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n., K.A. Jumaniyazov rahbarligida “Pediatriya” fakultetining “Kasbiy ta’lim” yo‘nalishi 441-B guruh talabasi Otajonova Dilfuza Otabek qizi MDH davlatlari ichida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi
talabasi – 2022”
xalqaro tanlovida “Vaginal infections and the reasons for their occurrence” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, 1-darajali diplom hamda “Yilning eng yaxshi talabasi – 2022” medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, talabaning maqolasi ilmiy maqolalar to‘plamida nashr qilindi va ilmiy rahbariga tashakkurnoma taqdim etildi.

Dilfuza Otajonova hamda uning ilmiy rahbari K.A. Jumaniyazovni filial ma’muriyati nomidan samimiy muborakbod etib, yuksak ishonch ila keyingi maqsadlariga omad va zafarlar tilaymiz.

Ma’lumot uchun, Dilfuza Otajonova TTA Urganch filialida o‘tkazilgan “Yil talabasi – 2021” respublika tanlovining filial bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
​​Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun soliq borasida ham imkoniyat bor! Yoshlar uchun #beshinchiimkoniyat

Soliq kodeksining 378-moddasi, 16-bandiga binoan, kontrakt to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxslarning daromadi soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imkoniyatdan 26 yoshga to‘lmagan farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar va yoshidan qatʼiy nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar foydalanishlari mumkin.

Ushbu imkoniyat o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumotni https://yoshlarportali.uz/oz portali orqali mana bu havola orqali yoki Davlat soliq qo‘mitasining 1198 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin. Bu imkoniyatning huquqiy asosi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Hisoblaymiz. Masalan, hali 26 yoshga to‘lmagan talabaning yillik to‘lov-kontrakti miqdori 10 mln so‘m. Uning otasi 5 mln so‘m oylik olsa va shu oyligidan farzandiga kontrakt to‘lasa, undan daromad solig‘i (12 foiz yoki 600 ming so‘m) olinmaydi. Shunda bu talabaning otasi 10 mln so‘m kontrakt to‘lasa, 1 200 000 so‘m yutadi.

Albatta, bu to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga, ularning ota-onalariga biroz bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi, degan umiddamiz. Ota-onalar, talaba-yoshlar, kontrakt to‘layotganda mazkur imkoniyatdan foydalanganmisiz?

@alisher_sadullaev
Ta’ziyanoma

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, akademik, yirik tashkilotchi ko‘plab shogirdlarning ustozi Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovich vafot etganligi munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.

Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovich 1990-2005 yillarda Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlagan. Bu davr mobaynida Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali tashkil topishida o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan, filial jamoasini qo‘llab-quvvatlagan hamda filial rivojlanishi va istiqboli yo‘lida o‘zining samarali va fidokorona mehnati, ilg‘or g‘oyalari orqali o‘chmas iz qoldirgan.

Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovich xotirasi TTA Urganch filiali professor-o‘qituvchilari yodida hamisha serg‘ayrat va talabchan ustoz, haqiqiy shifokor sifatida qoladi.

Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovichning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga butun jamoamiz nomidan hamdardlik bildiramiz. Oxirati obod bo‘lsin!

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
_______

Cоболезнования

Администрация Ургенчского филиала Ташкентской медицинской академии выражает глубокие соболезнования в связи с кончиной Даминова Тургунполата Обидовича, выдающегося учёного Республики Узбекистан, академика, большого организатора и педагога десятков поколений студентов.

Даминов Тургунполат Обидович был ректором Первого Ташкентского государственного медицинского института с 1990 по 2005 год. В этот период Первый Ташкентский государственный медицинский институт внёс неоценимый вклад в становление Ургенчского филиала, поддержал коллектив филиала и оставил неизгладимый след в его развитии и перспективах своим эффективным и самоотверженным трудом, прогрессивными идеями.

Память о Даминове Тургунполате Обидовиче навсегда останется в сердцах профессоров и преподавателей Ургенчского филиала ТМА как энергичного и требовательного педагога, настоящего врача и профессионала своего дела.

От имени всего нашего коллектива выражаем соболезнования родным, близким и коллегам Даминова Тургунполата Обидовича. Пусть конец его будет благополучным!

Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube