TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.69K subscribers
17.2K photos
1.64K videos
358 files
5.54K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Tarix | Kun.uz
Talabalarda kontrakt pulini telefondagi ilova orqali to‘lash imkoni paydo bo‘lishi mumkin

▪️Agar bu amalga oshsa, davlat OTMlaridagi talabalar kvitansiya ko‘tarib yurishi shart bo‘lmaydi. Spot Moliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, bunday imkoniyatni Apelsin ilovasiga kiritish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, ilovaga bog‘cha puli va shifoxonadagi to‘lovlarni qo‘shish ham rejada bor.

➡️ Xpress.uz – Siz kutgan format
Forwarded from Edu.uz
Akademik litsey2021.pdf
973.1 KB
#Қабул_2021 | #Aкадемик_лицей

⚡️ДИҚҚАТ, АКАДЕМИК ЛИЦЕЙЛАРГА ҚАБУЛ КВОТАЛАРИ ТАСДИҚЛАНДИ!

⚡️ 2021/2022 ўқув йилига академик лицейлар учун тасдиқланган қабул параметрлари билан танишинг (файлни очинг👆).

🔘 Хабарингиз бор, академик лицейларга ҳужжатлар 20–30 июнь кунлари қабул қилинди.

🌀 Маълумот ўрнида, республика миқёсида академик лицейларга жами 63 000 мингдан зиёд ҳужжат топширилди, 9-синф битирувчилари томонидан энг кўп ҳужжат Тошкент шаҳри ва Самарқанд вилоятидаги академик лицейларига топширилди.

👉@eduuz
Hurmatli talabalar!

YuNESKO tashkilotining “Ipak yo‘li dasturi” doirasida ijtimoiy va gumanitar sohani tadqiq etish maqsadida “Ipak yo‘li yoshlar nigohida” mavzusida Xalqaro rasmlar tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tanlovga ijodiy ishlarni taqdim etish muddati joriy yilning 24-mayidan 24-avgust kuniga qadar davom etadi.

Tanlovda 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun avval hpp://unescosilkroadphotocontest.org/participate veb-sahifasida joylashgan talabalar bilan tanishib, so‘ngra talab etilgan shaxsiy ma’lumotlarni kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tib ijodiy ishlarni joylashtirish mumkin.

Bu yilgi tanlov uchun ipak yo‘li umumiy merosini aks ettiruvchi quyidagi ikki mavzuga bag‘ishlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin:

👉To‘qimachilik va liboslar;
👉Pandemiya davrida madaniyatlararo almashinuv, shu jumladan to‘qimachilik va liboslar.

Tanlov 2 guruhga (14-17 hamda 18-25 yosh toifasida) ajratilib tashkil etiladi. Har bir guruhdan 3 nafar g‘olib Xalqaro tanlov qo‘mitasi tomonidan tanlab olinadi va g‘oliblar taqdirlanadi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Президент коррупцияга қарши курашиш бўйича фармон ва қарорни имзолади

🔷 “Коррупцияга қарши муросасиз муносабатда бўлиш муҳитини яратиш, давлат ва жамият бошқарувида коррупциявий омилларни кескин камайтириш ва бунда жамоатчилик иштирокини кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони қабул қилинди.

🖥 Фармонга мувофиқ, “Коррупцияга оид жиноятларни содир этишда айбдор деб топилган шахсларнинг очиқ электрон реестри” юритилади.

🔰 Реестрга киритилган шахсларга қуйидагилар тақиқланади:

▶️ давлат хизматига қабул қилиниши ва давлат мукофотлари билан тақдирланиши;

▶️ сайланадиган ва алоҳида тартибда тайинланадиган лавозимларга номзодларининг кўрсатилиши;

▶️ давлат органлари ҳузуридаги жамоатчилик кенгашлари ҳамда идоралараро коллегиал органларнинг аъзолигига киритилиши;

▶️ уларнинг тадбиркорлиги давлат харидларида ва давлат-хусусий шериклик битимида иштирокчи (ижрочи) сифатида қатнашиши;

▶️ давлат улуши 50 фоиздан юқори бўлган ташкилотлар ҳамда давлат таълим муассасаларида раҳбарлик лавозимларида фаолият юритиши.

@yangiuzbekiston_uz
Forwarded from Segment.uz
#Инфографика

⚡️Коррупцияга қарши курашиш бўйича муҳим ҳужжатлар имзоланди. Ушбу инфографикада 10 та асосий ўзгаришлар акс эттирилган.

@yangiuzbekiston_uz
Forwarded from Segment.uz
⚡️Иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш учун Президент гранти жорий этилади — Президент қарори

🔰 Қарорга кўра:

2021/2022 ўқув йилидан бошлаб кириш имтиҳонларида юқори балл тўплаган иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш учун Президент гранти жорий этилади.

Давлат ОТМларига бакалавриатнинг кундузги таълим шаклига кириш имтиҳонлари натижаларига кўра, энг юқори балл тўплаган абитуриентларнинг 200 нафари Президент грантига даъвогар бўлади. Улар давлат гранти асосида талабаликка қабул қилинади.

Президент грантига даъвогарларни аниқлашда абитуриентларнинг тест натижасига қўшиб бериладиган имтиёзли баллар ҳисобга олинмайди.

Президент гранти совриндорлари 1-курсда барча фанларни “аъло” баҳоларга ўқиган, маънавий-маърифий ва илмий-тадқиқот йўналишларида ютуқларга эришган мазкур стипендияга даъвогар талабалар орасидан танлов асосида аниқланади.

Танлов натижаларига кўра ғолиб бўлган 200 нафар талабаларга президент давлат стипендияси (1 992 310 сўм) тўланади.

Президент гранти учун стипендия 2-курсдан бошлаб ойма-ой тўланади ҳамда ўқув семестри якунига кўра қайта кўриб борилади – стипендия ўзлаштириш кўрсаткичлари “аъло” бўлганда тўланади.

Президент грантини узлуксиз олган талабалар бакалавриат таълим йўналишига мос ва турдош мутахассислик бўйича магистратурага кириш имтиҳонларисиз қўшимча давлат гранти асосида қабул қилинади.

@yangiuzbekiston_uz
Forwarded from Edu.uz
Магистратура_турдош 2021.pdf
1.6 MB
#Қабул_2021 |#Абитуриентлар_диққатига |#Магистратура

⚡️Республика давлат ОТМ МАГИСТРАТУРАСИга қабул бўйича турдош олий таълим йўналишларининг рўйхати тасдиқланди

▪️Сиз, мазкур рўйхатдан қайси таълим йўналиши бўйича давлат ОТМ МАГИСТРАТУРАСИга қабул бўйича турдош олий таълим йўналишлари мослигини билиб олишингиз мумкин.

❗️Эслатма

✔️ 2021/2022 ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш учун ҳужжатларни топшириш жараёни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий http://magistr.edu.uz веб-сайти орқали амалга оширилмоқда.

👉@eduuz
👉Инновацион ривожланиш вазирлиги Ҳайъатининг навбатдаги йиғилишида мунтазам равишда ўтказилаётган танловлар натижаларига кўра қатор илмий лойиҳалар молиялаштирилди.

2021-2024 йилларда амалга ошириладиган илмий фаолиятга оид давлат дастурларига киритиладиган жами 14460,4 млн. сўмлик 7 та амалий лойиҳа молиялаштирилиши тасдиқланди.

2021-2023 йилларда амалга ошириладиган илмий фаолиятга оид давлат дастурларига киритиладиган 2та инновацион лойиҳага жами 2787,9 млн сўм маблағ ажратилди.

2021-2026 йилларда амалга ошириладиган илмий фаолиятга оид давлат дастурларига киритиладиган 1 та фундаментал лойиҳа учун эса 2422,7 млн. сўм грант маблағи тақдим этилди.

БАТАФСИЛ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yozgi ta`tilda men…

TTA Urganch filiali “Davolash” fakulteti 3-bosqich talabasi, O‘zbekiston Respublikasi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining "Sogʻliqni saqlash, ekologiya va ijtimoiy masalalari" qoʻmitasi raisi lsmailova Ozoda yozgi ta’tilni qay tartibda o’tkazishini "Yozgi ta’tilda mening kun tartibim" nomli videorolik orqali nemis tilida so’zlab berdi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📣📣📣COMSTECH AWARDS - 2021

🗣BIOLOGIYA va KIMYO sohasiga ulkan hissa qo‘shgan ILMIY SOHA VAKILLARI uchun MUKOFOT turlari e’lon qilinadi

⚡️Islom hamkorlik tashkilotining doimiy ilmiy-texnikaviy hamkorlik qo'mitasi (COMSTECH) FUNDAMENTAL FANLARGA ilmiy hissa qo‘shgan OLIMLARNI rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator MUKOFOTLAR e’lon qiladi.
COMSTECH Bosh assambleyasi yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘z sessiyasida BIOLOGIYA va KIMYO bo‘yicha mukofotlarni o‘z egalariga topshiradi. Har bir mukofot sertifikat, faxriy yorliq va 5000 AQSh dollari pul miqdoridan iborat.

🏆COMSTECH mukofotlari

FAN
va TEXNIKA sohasidagi ulkan yutuqlar uchun

👨‍🎓COMSTECHyosh tadqiqotchi mukofotiga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar:

✔️Nomzod 2021-yil 7-avgust kuniga qadar 40 yoshgacha bo’lishi kerak.

📖Eng yaxshi ILMIY KITOB (mualliflik)

📌2019-2020 yillarda xalqaro nashryotchilardan chop etilgan bo‘lishi lozim.

🖍Patent

✔️Ushbu mukofot bilan uzoq yillar davomida ilm-fan sohasiga ulkan hissa qo‘shgan (kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalar, nazariy tadqiqotlar) ilmiy soha vakillari taqdirlanadi.

✔️Faqat oxirgi besh yil ichida ro'yxatdan o'tgan patentlar ko'rib chiqiladi.

✔️Yuqorida aytib o'tilgan uchta mukofot egasining har biriga sertifikat, faxriy yorliq va 3000 AQSh dollar 💵miqdoridagi pul mukofoti beriladi.

🏅Eng yaxshi ILMIY ISH

1. Biologiya 2. Kimyo 3. Matematika 4. Fizika.

✔️Ilmiy ish asl tadqiqotlar asosida bajarilgan bo‘lishi lozim. Taqriz maqolasi qabul qilinmaydi.

✔️2019-2020 yillarda Impact Factor International Journal sahifalarida nashr etilgan tadqiqot natijalari.

✔️Yuqorida ko‘rsatilgan mukofot sohiblariga har bir fan bo'yicha sertifikat, faxriy yorliq va 2000 AQSh dollari💵 miqdoridagi pul mukofoti taqdim etiladi.

COMSTECH awards:

✔️COMSTECH Awards 2021-taqdirlash marosimiga Fanlar akademiyalari, milliy tadqiqot kengashlari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, shuningdek, IHTga a'zo davlatlarning fuqarolari bo'lgan va ularda ishlaydigan xalqaro miqyosda taniqli olimlar taklif etiladi. Nomzodlar COMSTECH kotibiyatining bosh koordinatori tomonidan tayinlangan taniqli olimlar tomonidan baholanadi.

✔️COMSTECH mukofotiga qatnashuvchi nomzodllar o‘zlari tomonidan imzolangan ilova xati hamda tegishli nomzodlik hujjatlarining elektron nusxalarini COMSTECH kotibiyatiga ([email protected]) yuborishi kerak. Belgilangan muddatdan kech kelib tushgan arizalar ko'rib chiqilmaydi. Nominatsiyalarda nomzodning mukofot beriladigan sohaga qo'shgan hissasi aniq ko'rsatilishi kerak. Nomzodning tegishli hujjatlari ingliz tilida taqdim etilishi oxirida quyidagi hujjatlar tarjimasi ilova qilinishi kerak:

🔹 Anketa imzolangan bo‘lishi
🔹 Xulosa (4000 so'zdan ko'p bo'lmagan)
🔹Nashrlar qilingan ishlar ro'yxati
🔹 Muassasa rahbarining tasdiqlash xati

✍️Ariza shakllarini COMSTECH veb-saytidan (www.comstech.org) yuklab olish mumkin. Arizalar 2021 yil 7-avgustga qadar qabul qilinadi. Qo‘shimcha savollar uchun [email protected] murojaat qilishingiz mumkin.

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔶6.07.2021

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Hindistonning nufuzli tibbiyot markazi xodimlari bilan o‘zaro hamkorlik asosida filial klinikasida buyrak transplantatsiyasi uchun nefrologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan tibbiy markaz tashkil etish borasidagi amaliy rejalar yuzasidan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda Nefrologiya va transplantologiya bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega mohir mutaxassis doktor Saurab Poxriyal, “Manipal” kasalxonasi Urologiya bo‘limi boshlig‘i doktor Sanjay Gogoi, “VGLOBAL” direktori janob Vivek Madheya, “BLOMPHASE SERVICES” direktori xonim Rekha Singh hamda filial direktori R.Y. Ruzibayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.A. Duschanov, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.R. Sapayev, Urolog, nefrolog O. Ataxanovlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida ikkala tomon imkoniyatlari va buyrak transplantatsiyasi jarayonida operatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazuvchi qurilmalar mavjudligi va boshqa shu kabi sharoitlar o‘rganilib, mazkur jarayonni amalga oshirish uchun birlamchi tayyorgarliklarni ko‘rish va amaliy harakatni boshlash maqsadida Hindiston delegatsiyasi TTA Urganch filialiga joriy yilning sentabr-oktabr oylari oralig‘ida tashrif buyurishlari xususida kelishib olindi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyul sanasidagi PQ-5169-son Qaroriga asosan Sog‘liqnii saqlash sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, tibbiy xizmatlar hajmi va sifatini oshirish, tibbiyot amaliyoti, ta’limi va ilmiy tadqiqotlari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash, davolash-tashxislash jarayoniga ilg‘or yutuqlarni va innovatsiyalarni tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilmoqda.

Mazkur filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filialga 2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining 35 nafar fuqarosi ordinatura ta’lim yo‘nalishining quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha hujjat toptirishlari mumkin:

1.Radiologiya
2.Onkologiya
3.Gematologiya
4.Bolalar onkologiyasi
5.Endokrinologiya
6.Nefrologiya
7.Pulmonologiya
8.Rentgenendovaskulyar tashxis va davolash
9.Yurak-qon tomir jarrohligi
10.Pediatriya
11.Allergologiya va immunologiya
12.Neyroxirurgiya

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқуловнинг шу кунларда жамоатчилик томонидан кенг муҳокамага сабаб бўлган магистратурага қабул ва хориждан ўқишни кўчиришдаги янгиликлар юзасидан муносабати

👉@eduuz
Forwarded from Edu.uz
Олий ва ўрта махсус таълим тизимидаги мавжуд муаммолар, бюрократик тўсиқлар ва уларнинг ечими бўйича фикр-мулоҳазаларингиз борми?

Унда Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирига мурожаат қилишингиз мумкин.

📨 Вазирга ўз фикрларингизни билдириш орқали соҳада учраётган муаммо-ю камчиликларни бартараф этиш ҳамда олий таълим тизимини янада ривожлантиришга ўз ҳиссангизни қўшинг.

📩 @toshkulovga мурожаат қилинг.

📱Сиз билан боғланишимиз учун мурожаатингиз тагидан телефон рақамингизни қолдиришингиз тавсия этилади.

@eduuz