TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.69K subscribers
17.2K photos
1.64K videos
358 files
5.54K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
加入频道
🔰“Mahallabay” tizimi doirasidagi ishlar davom etmoqda

Filial “Fakultet va gospital terapiya” kafedrasi mudiri, dotsent A.B. Yaqubova boshchiligida filial iqtidorli talabalari K. Abdalova va R. Jalilovlar Bog’ot tumanidagi “To‘pchi” mahallasida bo’lib, mahalla fuqarolari yig’ini faollari va 27-son umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari hamda maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔗Batafsil🖌

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔔25.05.2021

Bugun mamlakatimiz bo’ylab barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilib, bitiruvchilarga “oq yo‘l” tilanmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi F.Ermanov tomonidan tasdiqlangan ro’yhat asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev Xonqa tumani 48-ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurib,
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbirda direktor R.Y. Ruzibayev so’zga chiqib, katta hayotga qadam qo’yish arafasida turgan bitiruvchi yoshlarga kelgusida oldilariga qо‘ygan maqsadlariga erishish, oliy о‘quv yurtida ta’limni davom ettirish yoki biror kasb egasi bо‘lib, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bо‘lib yetishishlarida omadlar tiladi.

Shuningdek, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish, ularni prezidentimiz tomonidan yaratilib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan keng foydalanishga jalb etish hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o’qish istagida bo’lgan bitiruvchilarga zarur maslahatlar berilishi xususida to’xtalib o’tdi.

Bundan tashqari, TTA Urganch filialiga viloyat kesimida biriktirilgan 5 ta umumta’lim maktablarida mas’ul kafedra professor-o’qituvchilari ishtirokida, jumladan Xiva shahridagi 14-sonli (filial direktori R.Y. Ruzibayev) va Xiva tumanidagi 33-sonli (“Mikrobiologiya” kafedrasi mudiri O.Q. Sadullayev), Hazorasp tumani 44-sonli (“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Z.Q. Abidova), Tuproqqal’a tumanidagi 11-son (“Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri M.S. Mehmonov), hamda 18-sonli (“Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri B.S. Rahimov) maktablarda tashkil etilgan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlarida ishtirok etishdi.

Maktablarga tashrif davomida filial jamoasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 24-may sanasidagi “maktab bitiruvchi o’g’il-qizlariga murojaati” va prezident tabrigini o’qib eshittirdilar.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔔25.05.2021

Yangiariq tumanida joylashgan 38-ixtisoslashgan maktabiga filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari R.B. Abdullayev tashrif buyurib, umumta’lim maktabi bitiruvchilarni "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bilan muborakbod etdi hamda kelgusida o‘zlari xohlagan, ota-onalari va yaqinlari orzu qilgandek yetuk inson bo‘lishlariga ishonch bildirdi.

Tadbir davomida 2019-2020 - o'quv yilida ushbu maktab bitiruvchilarining 46% i oliy ta'lim muassasalari talabalari bo'lish baxtiga muyassar bo'lganligi aytilib, bugungi kunda mazkur maktabni bitiruvchi 25 nafar yoshlarga bundanda yuqori natijalarga erishish umidi bog’langanligi alohida ta’kidlandi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, hozirda maktabda 760 nafar o’quvchi tahsil olib kelmoqda.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔹24.05.2021

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga AQSHning Pensilvaniya shtati Pittsburg shahrida joylashgan Pittsburg universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Ph.D. professor Salim Ahmad Han tashrif buyurdi.

🔗Batafsil🖌

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from TTA Urganch filiali | Rasmiy Yoshlar (🇺🇿 Fazliddin Ro‘zimatov 🇺🇿)
📢 Diqqat e'lon!

TTA Urganch filiali direktori
R.Yu Ruzibaev tashabbusi va Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamkorligida 26-may kuni filialimizda "Milliy liboslar kun"ni o'tkaziladi.

Ushbu kunda barcha professor o'qituvchilar, ishchi hodimlar va talabalar milliy liboslarda ish va o'qishga kelishlari tavsiya etiladi. (Majburiy emas)

Filialimizda tahsil oluvchi turli millat va elat vakillari ham ushbu kunda o'zlarining milliy liboslari bilan ishtirok etishlari mumkin.

🇺🇿 O'zbekiston
🇹🇲 Turkmaniston
🇰🇬 Qirg'iziston
🇹🇯 Tojikiston
🇮🇳 Hindiston
🇵🇰 Pokiston
🇦🇫 Afg'oniston
🇷🇺 Rossiya

Milliy liboslarini ko'rishingiz mumkin!
Barchangizni faollikka chorlab qolamiz!

🌐 Telegram channel | 🖥 YouTube
🚴26.05.2021

#velomarafon

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari "Yoshlar festivali 2021" doirasida tashkil etilgan "Velemarafon"da ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Сўнгги_қўнғироқ_2021_дайжести_3

🔔 Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти раҳбарияти томонидан ўзига бириктирилган мактаблардаги "Сўнги қўнғироқ" тадбирларида битирувчилар институтга ўқишга таклиф қилинди

🔔 Тошкент давлат юридик университети жамоаси пойтахтимиздаги Олмазор ҳамда Юнусобод туманларидаги 15 та умумтаълим мактабида ташкил этилган тадбирларда ҳам иштирок этиб, битирувчиларга катта ҳаётга “Оқ йўл” тилади ҳамда фаол ва иқтидорли ўқувчиларга эсдалик совғаларини топширди

🔔 Тошкент вилояти Чирчиқ давлат педагогика институти профессор-ўқитувчилари Чирчиқ шаҳри ҳамда Бўстонлиқ, Чиноз туманидаги умумтаълим мактабларида ташкил этилган “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларида иштирок этишди

🔔 Тошкент давлат стоматология институти раҳбарияти бириктирилган мактабларда битирувчи ёшларга ўзларининг эзгу тилакларини билдиришди

🔔 Тошкент молия институти ректори Т.Тешабаев бошчилигидаги масъуллар Юнусобод туманида жойлашган институт тасарруфидаги 6 та мактаб тадбирларида бевосита иштирок этиб, мактаб маъмуриятига эсдалик совғалари – компьютер техникаларини топширишди

🔔 Бухоро давлат университети ректори О.Хамидов ўзи таълим олган Ғиждувон туман 1-сон умумтаълим мактабида кўп йиллар мобайнида фаолият юритган фахрли устозларни, Халқаро ҳамда республика фан олимпиада ва мусобақаларида иштирок этиб совринли ўринларни қўлга киритган бир қатор битирувчиларни табриклади

🔔 Тошкент тиббиёт академияси профессор-ўқитувчилари битирувчилар куни муносабати билан Тошкент шаҳри, Олмазор тумани 224-мактабда бўлиб ўтган "Сўнгги қўнғироқ" байрам тадбирида иштирок этдилар

🔔 Самарқанд давлат университети мактабгача таълим факультети профессор-ўқитувчилари Ургут туманидаги 121-мактаб ўқувчи ва ўқитувчиларига амалий ёрдам бермоқдалар

🔔 ТИҚХММИ Бухоро филиали директори Ш.Имомов ўзи ҳам бир пайтлар ўқувчиси бўлган Шофиркон туманидаги 24-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 2020/2021 ўқув йили битирувчи йигит-қизларини табриклади

🔔 ЎзМУ Жиззах филиали раҳбарияти мактаблардаги "Сўнгги қўнғироқ" тадбирларида иштирок этишди

🔔 Тошкент тиббиёт академияси Урганч филиали директори Р.Рузибаев ҳамда профессор-ўқитувчилари филиалга бириктирилган мактабларда ташкил этилган "Сўнгги қўнғироқ" тадбирларида иштирок этиб, битирувчи ёшларни муборакбод этишди

Бизни кузатишда давом этинг:
https://yangx.top/joinchat/Rfn4C07nmVy_NS2j