Transport universiteti | Rasmiy kanal
10.3K subscribers
8.35K photos
2.35K videos
265 files
7.98K links
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI

Veb-sayt: tstu.uz
Facebook: facebook.com/tstu.official
Instagram: instagram.com/tstu_officialpage
Youtube: youtube.com/@tstu_official
Tezkor: @tstu_news
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
✈️Bugun 24-noyabr-1977 yilning aynan shu sanasida keng fyuzelyajli IL-86 samolyoti ilk sinov parvozini amalga oshirdi

✈️Сегодня 24 ноября-1977 года, широкофюзеляжный самолет Ил-86 совершил первый испытательный полет.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tunlarni tonglarga ulagan jonkuyarlar

🏢 Ushbu video Toshkent davlat transport universitetida suratga olingan.

🔰 Ushbu hujjatli film o'z kasbining fidoyilari, ozodalik sarishtalari va eng muhimi universitetimizning ko'zga ko'rinmas farishtalariga bag'ishlanadi.

🧩 Ular aslida haqiqiy pokiza insonlar

Ular kimlar ekan?
Biz ularni taniymizmi?

Ularni deyarli har kuni ko'ramiz, ko'ramiz-u ammo ularning qadriga yetyapmizmi?

📌 P.s: Videoni albatta tomosha qiling. Xulosa qilish o'zingizga havola. Universitetimizda yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan TV faoliyati haqida batafsil xabardor bo'ling.
@TK_TDTrU
@TDTrU_murojaat_bot
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi

Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 27 ta;
🏛Institut — 45 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 29 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

👉 OTM roʻyxati pdf shaklda.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Odil Abduraxmanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
InnoWeek.Uz-2021 Xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi davom etmoqda
22 noyabrdan 27 noyabrgacha poytaxtda mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari, investitsiya jamgʼarmalari, texnologiya agentliklari vakillari va boshqa mutaxassislar oʼzaro gʼoyalar va ilgʼor texnologiyalarni rivojlantirish tajribasi bilan almashishadi.
Spikerlardan biri yaqinda universitetimizda mehmon bo'lgan, O‘zbekistonda tug'ilgan, hozirda Ukraina Ta'lim va fan vaziri Sergey Shkarletdir.

Telegram | Facebook | Instagram
E'LON
Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari o’rtasida o’quv geodezik-geologik amaliyot yakunlari bo'yicha 3-bosqich talabalari o'rtasida "Geodeziya musobaqasi" o'tkaziladi.
Musobaqa 30-noyabr kuni bo'lib o'tadi. Qatnashchilar ikkita shart bo'yicha o'zlarini sinashadi. Bu orqali geodeziya fani bo'yicha bilimlaringizni yanada mustahkamlab olishingiz, o'z imkoniyatlaringizni sinab ko'rishingiz va g'olib bo'lib mukofotlarni qo'lga kiritishingiz mumkin.
Musobaqada qatnashish orqali yangi elektron taxeometrlarda ishlash ko'nikmasiga ega bo'lasiz. Keyinchalik "Yosh geodezist" to'garagida bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin. Savollar bo'yicha ko'priklar va tonnellar kafedrasiga murojaat qiling.
"InnoWeek - 2021" haftaligi davom etmoqda
Bugun universitet tadqiqotchi va doktorantlari ushbu yarmarkadа faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda 100dan ortiq yangi innovatsion ko'rgazmalar, tijoratlashtirilgan ishlanmalar taqdim etilib, ular iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ayni daqiqalarda "Taqdiqotlarni tijoriylashtirish va texnologiya transferining innovatsion strategiyalari" bo'yicha mintaqaviy seminarda ishtirok etishingiz mumkin: https://us02web.zoom.us/j/87845257349?pwd=OUJYQnNoUjhNVk1qMkhtT0FvMThPdz09
O'ZBEKISTON-BELORUSIYA "1+1" QO'SHMA MAGISTRATURA TA'LIMI DASTURIDA KELISHUV IMZOLANDI
Bugun Belarus milliy texnika universiteti rektori – S.V.Xaritonchik hamda Xalqaro hamkorlik dekani P.I.Shirvel va Belarus-O'zbekiston fanlararo amaliy texnik malaka instituti direktori I.I.Gancherenok Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ta’limning “1+1” formati (2 yillik o‘qish) bo‘yicha II bosqich qo‘shma magistratura ta’limi dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Dastur quyidagi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:
- o‘quv-uslubiy ishlarni olib borish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, shuningdek malaka oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuvi;
- o'qitish va ilmiy ishlarni bajarish uchun magistrlar almashinuvi;
- birgalikda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar yaratish va yozish.
O'ZBEKISTON-BELORUSIYA QO'SHMA MAGISTRATURA TA'LIMINING RAMZIY OCHILISHI BO'LIB O'TDI
Avval xabar berganimizdek, bugun Belarus milliy texnika universiteti rektori boshchiligida delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida S.V.Xaritonovich ota-onalar va talabalar bilan uchrashdi, "1+1" doirasidagi qo'shma magistraturaning ramziy ochilishini o'tkazishdi. Ota-onalar va talabalarga:
- kontrakt miqdori;
- yotoqxona bilan ta'minlash;
- o'quv jarayoniga oid ma'lumotlar berildi. Ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham javob oldi. Talabalar ta'lim jarayonlarini yanada yaxshilashga doir takliflarini bildirdi.
Kelgusida malakali va yetuk kadrlar tayyorlashda bu kabi qo'shma ta'limning ahamiyati alohida ta'kidlandi.
🔊 Qo'shma dasturlar asosida o'qishga marhamat

📌Тoshkent davlat transport universiteti xalqaro universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Xalqaro ta'lim dasturlar"i asosida o'qishga taklif etadi.
❗️Аrizalar onlayn shaklda quyidagi link orqali qabul qilinadi.

👉https://forms.gle/LZLnxPeacjAgXryC7

https://yangx.top/transport_abituriyent
#bu_qiziq
✈️Eng qisqa parvoz davomiyligi 47 soniya. Bu yo‘nalish bir-biridan atigi 2.7 kilometr uzoqlikdagi ikkita Shotlandiya Vestrey va Papa Uestrey orollarini bog‘laydi

🌌🌠Tuningiz osuda o‘tsin

🔎Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram |tstu.uz | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
🍁Bugun 25- noyabr-1994 yilda Toshkentda Misr fan va ta'lim markazi ochildi

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
#YASHIL_MAKON
"YASHIL MAKON" AKSIYASI O'TKAZILDI
Daraxtlar - havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.

Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda.

Respublikamiz bo'ylab Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini eʼlon qildi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

24-noyabr kuni talabalar shaharchasida "Yashil makon" aksiyasi o'tkazildi. 3-TTJ 2-qavat talabalari tomonidan universitetimiz stadioni oldidagi yashil maydonda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Kuzgi mavsumda daraxtdan to'kilgan xazonlarni olib, yashil maydon bo'sh joylarida talabalar tomonidan kuzgi 50 tupga yaqin ko'chatlar ekildi.