Transport universiteti | Rasmiy kanal
10.3K subscribers
8.36K photos
2.35K videos
265 files
7.99K links
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI

Veb-sayt: tstu.uz
Facebook: facebook.com/tstu.official
Instagram: instagram.com/tstu_officialpage
Youtube: youtube.com/@tstu_official
Tezkor: @tstu_news
加入频道
O'ZBEKISTON-UKRAINA TA'LIM TIZIMIGA OID SHARTNOMALAR IMZOLANDI
2021-yil 22-27-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “INNOWEEK 2021” yillik innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekistonga Ukraina ta’lim va fan vaziri S.Shkarlet boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibiga, jumladan, 12 nafar Ukraina OTMlari rektorlari ham kiritilgan. Tashrif davomida O‘zbekiston va Ukraina OTMlari rektorlari ishtirokida Toshkent, Samarqand va Buxoroda davra suhbatlari va uchrashuvlar rejalashtirilgan. Davra suhbati kecha Toshkent davlat transport universiteti binosida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti Ukraina Milliy aviatsiya universiteti va Kiyev Milliy qurilish va arxitektura universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzildi. Shartnomada:
- talabalar va professor-o'qituvchilarning akademik mobilligi;
- qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
- yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, muhandislik, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; g‘oyalar, axborot va texnologiyalar almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kelishilgan ustuvor yo‘nalishlar doirasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni tashkil etish masalalari kelishildi.
BIZNES VA INVESTITSIYA HAQIDA MUTAXASSISLAR BILAN TRENING BO'LIB O'TDI
Trening - mashg'ulotlar intensiv o'qitishning zamonaviy shakllaridan biri. Butun dunyoda ta'lim rivojlanish va ichki o'zgarishlar uchun eng samarali va eng tezkor vositadir. Odatda trening ikki-besh, bir necha yuz kishilik guruhda o'tkaziladi. Ularning barchasi boshqa ishtirokchilar bilan muloqot qiladi, shaxsiy, guruh va umumiy vazifalarni bajaradi va hokazo. Umuman olganda, ular jamoaviy hayot kechiradi. Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimizda talabalar uchun ilk marotaba "O'zbekistonda Forex bozorini rivojlantirish", "Investitsiya faoliyati asoslari" to'g'risida trening bo'lib o'tdi. Spirekrlar: Rahminjon Shadiyev, Egamberdiyev Sherzod Forex bozorini rivojlantirish va investitsiyalar to'g'risida foydali ma'lumotlarni berdi.
Faol ishtirokchilar pul mukofotlari va qimmatli sertifikatlar bilan taqdirlandi.
TALABALAR "O'ZSHAHARQURILISHINVEST" BILAN ISH O'RGANISHI MUMKIN Ishlab chiqarish amaliyoti - oʻquv mashgʻulotlari turi. Unda talabalar korxona va boshqa muassasalarda oʻquv dasturlarida belgilangan vazifalarini mustaqil ravishda bajaradi. Toshkent davlat transport universiteti va “О‘zshaharqurilishinvest” IK MCHJ bilan stajirovka о‘tashga kelishilgan. Ushbu ishlar tizimli yо‘lga qо‘yilishi maqsadida Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A.Babayev “О‘zshaharqurilishinvest” IK MCHJ qurilishda texnik nazorat amalga oshirish bо‘limi boshlig‘i о‘rinbosari Z.О‘roqov hamkorligida MCHJ obyektlarida bо‘ldi.
“О‘zshaharqurilishinvest” IK MCHJ tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Alimkent kо‘chasi, Xovost 2-tor manzilida 24-sonli xarbiy shaharcha hududida joylashgan 4 ta 80 xonadonli 16 qavatli uylarni qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ushbu obyektlarda kelgusida talabalar amaliyot o'tashlari kelishildi.
#TAQDIMOT
UNIVERSITET ILMIY KITOBLARI YANA TO'RTTAGA BOYIDI
Bugun universitetning Maqsud Shayxzoda nomidagi ilmiy kutubxonasida "Vagonlar va vagon xo'jaligi" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan 2021-2022 o'quv yili magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat talabalari uchun nashr etilgan "Vagonlarni ta'mirlash texnologiyasi", "Vagonlarga texnik xizmat ko'rsatish asoslari", "Vagonlarni ta'mirlashda nostandart vositalar","Transport mashinasozlik texnologiyasi" nomli kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi. "Vagonlar va vagon xo'jaligi" kafedrasi mudiri Raximov Rustam Vyacheslavovich kitoblarning dolzarbligi, ilmiy yangiliklari haqida xulosasini bildirdi.Tadbirda talabalar bilan yangi nashr etilgan adabiyotlar yuzasidan fikr almashishdi.
#bu_qiziq
🚅 Suv ostidagi metro, Daniya


🌌🌠Tuningiz osuda o‘tsin

🔎Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram |tstu.uz | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
✈️Bugun 24-noyabr-1977 yilning aynan shu sanasida keng fyuzelyajli IL-86 samolyoti ilk sinov parvozini amalga oshirdi

✈️Сегодня 24 ноября-1977 года, широкофюзеляжный самолет Ил-86 совершил первый испытательный полет.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tunlarni tonglarga ulagan jonkuyarlar

🏢 Ushbu video Toshkent davlat transport universitetida suratga olingan.

🔰 Ushbu hujjatli film o'z kasbining fidoyilari, ozodalik sarishtalari va eng muhimi universitetimizning ko'zga ko'rinmas farishtalariga bag'ishlanadi.

🧩 Ular aslida haqiqiy pokiza insonlar

Ular kimlar ekan?
Biz ularni taniymizmi?

Ularni deyarli har kuni ko'ramiz, ko'ramiz-u ammo ularning qadriga yetyapmizmi?

📌 P.s: Videoni albatta tomosha qiling. Xulosa qilish o'zingizga havola. Universitetimizda yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan TV faoliyati haqida batafsil xabardor bo'ling.
@TK_TDTrU
@TDTrU_murojaat_bot
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi

Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 27 ta;
🏛Institut — 45 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 29 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

👉 OTM roʻyxati pdf shaklda.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Odil Abduraxmanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
InnoWeek.Uz-2021 Xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi davom etmoqda
22 noyabrdan 27 noyabrgacha poytaxtda mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari, investitsiya jamgʼarmalari, texnologiya agentliklari vakillari va boshqa mutaxassislar oʼzaro gʼoyalar va ilgʼor texnologiyalarni rivojlantirish tajribasi bilan almashishadi.
Spikerlardan biri yaqinda universitetimizda mehmon bo'lgan, O‘zbekistonda tug'ilgan, hozirda Ukraina Ta'lim va fan vaziri Sergey Shkarletdir.

Telegram | Facebook | Instagram
E'LON
Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari o’rtasida o’quv geodezik-geologik amaliyot yakunlari bo'yicha 3-bosqich talabalari o'rtasida "Geodeziya musobaqasi" o'tkaziladi.
Musobaqa 30-noyabr kuni bo'lib o'tadi. Qatnashchilar ikkita shart bo'yicha o'zlarini sinashadi. Bu orqali geodeziya fani bo'yicha bilimlaringizni yanada mustahkamlab olishingiz, o'z imkoniyatlaringizni sinab ko'rishingiz va g'olib bo'lib mukofotlarni qo'lga kiritishingiz mumkin.
Musobaqada qatnashish orqali yangi elektron taxeometrlarda ishlash ko'nikmasiga ega bo'lasiz. Keyinchalik "Yosh geodezist" to'garagida bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin. Savollar bo'yicha ko'priklar va tonnellar kafedrasiga murojaat qiling.
"InnoWeek - 2021" haftaligi davom etmoqda
Bugun universitet tadqiqotchi va doktorantlari ushbu yarmarkadа faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda 100dan ortiq yangi innovatsion ko'rgazmalar, tijoratlashtirilgan ishlanmalar taqdim etilib, ular iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ayni daqiqalarda "Taqdiqotlarni tijoriylashtirish va texnologiya transferining innovatsion strategiyalari" bo'yicha mintaqaviy seminarda ishtirok etishingiz mumkin: https://us02web.zoom.us/j/87845257349?pwd=OUJYQnNoUjhNVk1qMkhtT0FvMThPdz09